Yodda tuting!
Konsulxona tashqarisida begona shaxslar tomonidan taklif etilayotgan shubhali va aksariyat hollarda noqonuniy xizmatlardan (hujjatingizni tezlashtirish, navbatdan tashqari o‘tkazish, turli ma’lumotnomalar rasmiylashtirish, "konsullik bank kartasi" ga pul o'tkazish) foydalanmang!
Konsulxona tashqarisida nusxa ko‘paytirish, hujjatlar blanklarini to‘ldirish, fotosuratga tushish bilan bog‘liq xizmatlar uchun Konsullik bo‘limi javobgar emas. To'lov faqat konsullik bo'limining kassasiga shaxsiy murojaat bilan amalga oshirilishi mumkin.
Fuqarolar qabuli va ularga konsullik-huquqiy maslahatlar berish Konsulxona xodimlari tomonidan faqatgina Konsullik bo‘limi ichkarisida amalga oshiriladi.