Chet elda bo'lgan O'zbekiston fuqarolari va mamlakatimizda istiqomat qilayotgan xorijiy davlatlarning fuqarolari
Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari, tegishli vazirliklar, idoralar va kompaniyalar bilan birgalikda O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxatlarini tuzish va ularni vatanga qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish ustida ishlamoqda. Bunda O‘zbekiston fuqarolari qaytib kelganlaridan keyin 14 kunlik karantinda bo‘ladilar.
Qaytishni istagan hamyurtlardan xorijdagi yashash joylari bo‘yicha diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilishlarini so‘raymiz. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi tegishli xorijiy davlatlar elchixonalari bilan birgalikda mamlakatimizdagi xorijiy fuqarolarning ro‘yxatlarini tuzmoqda va ularning O‘zbekistondan chiqishini tashkillashtirish ustida ishlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi