Elchining Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova bilan uchrashuvi to'g'risida
2021 yil 22 aprelda Elchi Botirjon Asadov Rossiya MSK raisi Ella Pamfilova bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida hamkorlik masalalari, shu jumladan xalqaro kuzatuv amaliyoti, fuqarolarning chet elda ovoz berishini tashkil etish va boshqalar bo'yicha fikr almashildi.
Muhokama chog'ida o'zbek tomoni 2021 yil 19 sentyabrda bo'lib o'tadigan sakkizinchi chaqiriq Rossiya Federal Majlisining Davlat Dumasi deputatlari saylovini kuzatishda ishtirok etishga taklif qilindi.
Shu bilan birga, elchi Rossiya Markaziy saylov komissiyasi vakillarini 2021 yil 24-oktabrga belgilangan O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Prezident saylovini kuzatishda ishtirok etish taklifini bildirdi.
Tomon O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Prezident saylovini tashkil etish, jumladan Rossiyada bo'lgan O'zbekiston fuqarolari tomonidan konstitutsiyaviy ovoz berish huquqini amalga oshirish uchun maksimal sharoitlarni yaratishga e'tibor qaratdilar.