“El-yurt umidi” jamgʼarmasi vakant lavozimlarga vatandoshlarni taklif etmoqda
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 oktyabrdagi PQ-3982-sonli “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʼzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorining 2-ilovasi 11-bandida xorijdagi vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni Oʼzbekistonning davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari, joylardagi ijro hokimiyati va boshqa davlat tashkilotlarining rahbar hamda masʼul lavozimlariga, shuningdek rahbarlarning konsultantlari (maslahatchilar) sifatida jalb qilish vazifasi yuklatilgan.
Shu munosabat bilan, “El-yurt umidi” jamgʼarmasi tomonidan vazirlik, idora va tashkilotlarning xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandosh va xorijiy ekspertlarga boʼlgan ehtiyoji oʼrganildi va bugungi kunda jami 37 ta vazirlik va idoralar oʼzining aniq ehtiyojlarini bildirdi.
Jamgʼarma ushbu ehtiyojlardan kelib chiqib quyidagi vakant lavozimlarga xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandosh va xorijiy ekspertlarni taklif etmoqda: https://cutt.ly/4vF3YVf
Qoʼshimcha maʼlumot va aloqa uchun: “El-yurt umidi” jamgʼarmasi masʼul xodimi – Muxamedjonov Shaxriyor – tel: +998 71 203 0053, +998 97 211 7727 (telegram).