Pokiston Elchisi bilan muzokaralar

O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Pokiston Islom Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Shafqat Ali-Xon bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Pokiston tomoni O'zbekistonning Afg'onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha ko'rayotgan chora-tadbirlariga yuksak baho berdi. Pokiston portlari orqali Markaziy Osiyodan Hind okeaniga transport yo'laklaridan foydalanish imkoniyati qayd etildi.