O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi axboroti
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi 2020 yilning 13 iyu' kuni Rossiya Federatsiyasi Amur oblasti Svobodniy tumanidagi «Renaissance Heavy Industries» kompaniyasiga tegishli vaqtinchalik vaxta shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida yuz bergan hodisani nazoratga oldi.
Mazkur masala bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlari bilan muntazam muloqot olib borilmoqda.
Bo‘lib o‘tgan hodisa tafsilotlarini aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini ta'minlash maqsadida voqea joyiga Elchixona Bosh konsuli yetib bordi.
Elchixona rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda mojaroni keltirib chiqargan sabab va shart-sharoitlarni o‘rganish, muammoning barcha tomonlar uchun maqbul bo‘lgan yechimini ishlab chiqish bo‘yicha ish jarayoni va natijalari haqida qo‘shimcha axborot beradi.