Litvaning Rossiyadagi Elchisi bilan muzokaralar haqida
2020 yilning 4 iyun kuni Litva Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Eitvidas Bayarunas bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o'tkazildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uning rivojlanish istiqbollari, shu jumladan, savdo, iqtisodiyot, sarmoya, qishloq xo'jaligi va turizm kabi ustuvor yo'nalishlardagi aloqalar yuzasidan fikr almashdilar.
Toshkent shahrida Litva Faxriy konsulligining ochilishi masalasi ham muhokama qilindi.