Bolgariyaning Rossiyadagi elchisi bilan muzokaralar
2020 yil 27 aprel kuni Bolgariya Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Atanas Kristin bilan video konferentsiya shaklida muzokaralar bo'lib o'tdi.
Muloqot chog'ida qishloq xo'jaligi, turizm, ta'lim kabi yo'nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Eksportga yo'naltirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va uni chuqur qayta ishlash bo'yicha tajriba almashish mexanizmini yo'lga qo'yish to'g'risida kelishib olindi.