Diqqat, firibgarlar!
O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasida transport aloqasining to'xtatilishi munosabati bilan so'nggi kunlarda O'zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi xodimlari sifatida respublikamizga charter reyslari uchun aviachiptalarni sotib olishni taklif qilayotgan firibgarlar soni keskin ortdi. Ular to'lovni oldindan va faqat bank kartasida amalga oshirilishi talab qilmoqdalar.
Shuni e'tiborga olish kerakki, Elchixonasi aviabiletlar sotish bilan shug'ullanmaydi va xodimlarimiz hech qachon kartaga pul o'tkazish talab qilinmaydi.
Bu kabi firibgarlar bergan e'lonlarni va ularning takliflarini e'tiborsiz qoldiring.
Barcha charter va/yoki boshqa reyslarga aviachiptalarni faqat "Uzbekistan Airways" AJ rasmiy agentlaridan sotib olish lozim.