Konsullik bo'limi maxsus ish tartibiga o'tadi
Coronavirus COVID-19 tarqalishi tahdidi, shuningdek, 2020 yil 16 martdan boshlab O’zbekiston boshqa mamlakatlar bilan vaqtincha avia, avto - va temir yo'l aloqalarining to’xtatilishi munosabati bilan Elchixona Konsullik bo'limi tashrif buyuruvchilarni qabul qilish bo'yicha ayrim cheklovlarni joriy etib, konsullik-huquqiy yordam ko'rsatishning masofaviy shakliga o'tmoqda.
Xususan, vizani rasmiylashtirish, fuqarolikdan chiqish yoki uni yo’qotish, konsullik ro’yxati, notariat, hujjatlarni (fuqarolikka oid emaslik, sudlanmaganlik va oilaviy ahvol haqida) talab qilish masalalari bo'yicha shaxsiy qabuli vaqtincha to'xtatildi. Ushbu xizmatlar, favqulodda vaziyatlardan tashqari, interaktiv shaklga o’tkazildi.
Karantin davrida faqat Vatanga qaytish uchun sertifikat xorijiy pasport va xorijga chiqish uchun passport olish uchun murojaat qilgan fuqarolar shaxsiy qabuliga ruxsat beriladi. Vatanga qaytish uchun sertifikatlar odatdagi 1 oylik amal qilish muddati o'rniga 3 oy muddatga beriladi.
Elchixonaning Konsullik bo'limi sektorlariga Telegram messenjeri orqali masofadan maslahat berish uchun murojaat qilishingiz mumkin:
@UzKoRus2 (fuqarolik va vizalar sektori):
− fuqarolikdan chiqish yoki uni yo’qotish;
− O’zbekistondan fuqarolikka oid emaslik, sudlanmaganlik va oilaviy ahvol haqidagi hujjatlarni, hujjatlarning dublikatini talab qilish.
@UzKoRus4 (chet elga chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish/almashtirish sektori):
− doimiy va vaqtinchalik konsullik ro'yxatiga olish;
− chet elga chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini rasmiylashtirish/almashtirish;
− O'zbekiston Respublikasi pensiya jamg'armasi uchun ma'lumotnomalar;
− voyaga yetmagan shaxs pasportiga unga hamrohlik qiluvchi shaxs haqidagi ma'lumotlarni kiritish.
@UzKoRus5 (O'zbekistonga qaytish uchun sertifikat berish sektori):
− O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini yo'qotish to'g'risidagi arizalarni qabul qilish;
− barcha toifadagi O'zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatini rasmiylashtirish;
− maxsus qabul qiluvchi-taqsimlovchilarda (СУВСИГ, ЦВСИГ) O’zbekistonga jo’natish uchun saqlanayotgan fuqarolar masalalari.
Call-markaz: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.