O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi vatandoshlar bilan faol ishlamoqda
O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi tominidan “O‘zbekiston Airways” AJning Kuala-Lumpur shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ushbu mamlakatdagi O‘zbekiston fuqarolari murojaatlariga tezkor javob qaytarish shtabi tashkil etildi va u 16 martdan beri 24 soatlik rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Diplomatik vakolatxona Malayziya hududida bo‘lib turgan talaba va fuqarolarimiz bilan aloqa o‘rnatilgan va ular bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi hamda Elchixonaning rasmiy internet-resurslari – veb-sayt, Facebook va Instagramdagi sahifalar, Telegram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlaridagi ochilgan kanallar orqali tezkor ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Shtabga vatanga qaytishda ko‘mak ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxati shakllantirilgan.
O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vizalari muddatini uzaytirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi oldini olish maqsadida Elchixona tomonidan Malayziya Immigratsiya xizmati bilan birgalikda vatandoshlarimizning mazkur davlat hududidan hech qanday to‘siqlarsiz, jumladan maxsus ruxsatnomani rasmiylashtirmasdan chiqib ketishi masalalari ishlab chiqildi.
Diplomatik vakolatxona Malayziyadagi vatandoshlarimizning maishiy masalalarini hal qilishda ham ko‘maklashmoqda.
Elchixona operativ shtab rejimida ishlashda davom etmoqda.
“Uzbekistan Airways” AJning Malayziyadagi vakili Sherzod Akmalov
Tel.: (+603) 2078 4766
Faks: (+603) 2078 360
Mobil telefon: (+6019) 233 7777
E-mail: kul@uzairways.com
O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi konsuli Nasimxon Alixonov
Tel.: (+603) 4253 4406
Faks: (+603) 42535406
Mobil telefon: (+6017) 3204414
E-mail: consul@uzbekembassy.com.my
O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi