O‘zbekistonning Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan fuqarolari diqqatiga
COVID-19 koronavirusining mamlakatimiz hududida tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan joriy qilingan cheklov choralariga ko‘ra 2020-yilning 16-martidan boshlab O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan barcha xalqaro avia, avto va temir yo‘l qatnovlari vaqtincha bekor qilindi.
Xorijda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytishlari uchun davlat chegarasini kesib o‘tishlari ta’qiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirish bo‘yicha qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi.
Buyuk Britaniyada koronavirus tarqalishining keskin o‘sishi sababli O‘zbekistonning Londondagi Elchixonasi barcha bayram va ommaviy tadbirlarni bekor qildi, O‘zbekistonga kirish uchun vizalar berish to‘xtatildi. Konsullik-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish masofadan turib (Elchixonaga tashrif buyurmasdan) hamda pochta xizmati orqali amalga oshiriladi. Ariza beruvchilarning shaxsan ishtirokini talab qiladigan hujjatlar bundan mustasno (hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar www.uzembassy.uk veb-saytida joylashtirilgan).
Mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga charter reyslar bilan vatanga qaytishlarida ko‘mak beradi. Shu bilan birga fuqarolarimiz qaytib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar.
Londondan charter reyslarini tashkil etish maqsadida O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolarimiz to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash boshlandi.
Elchixona charter reyslarda O‘zbekistonga qaytishni istagan vatandoshlarimizdan “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasining london@uzairways.co.uk yoki Elchixonaning consul@uzembassy.uk elektron pochta manzillariga quyidagi ma’lumotlarni yuborishlarini so‘raydi:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportinining nusxasi;
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining aloqa ma’lumotlari;
3. “Uzbekistan Airways” AJ parvozlari uchun chipta nusxasi (mavjud bo‘lsa);
Charter reysi aniq vaqti va parvoz shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.
Elchixonaning manzili va aloqa ma’lumotlari:
41 Holland Park, London W11 3RP
Tel.: +44 (0) 207 2297679
Sultanbek Imamov, konsul
+44 (0) 7920443049
Aliyor Tilavov, maslahatchi
+44 (0) 7741892812
Ravshan Duschanov, 2-kotib
+44 (0) 7825221946
Shoxruz Samadov, attashe
+44 (0) 7780687935
Veb-sayt: https://www.uzembassy.uk
Elektron pochta: info@uzembassy.uk, consul@uzembassy.uk
Facebookdagi sahifa: https://www.facebook.com/uzemb.lon.3
«Uzbekistan Airways» АJning London shahridagi vakolatxonasi manzili va aloqa ma’lumotlari:
Unit 13, Cambridge Court, 210 Shepherds Bush Rd, Hammersmith, London W6 7NJ
Tel.: +44 (0) 207 0342090
Abduxakim Maxmudov, vakil +44 (0)7783644945
Veb-sayt: https://www.uzairways.com/uz
Elektron pochta: london@uzairways.co.uk
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi