"Green University" 2026–2027 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi

Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlarini o‘rganishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyodagi birinchi oliy ta’lim muassasasi — "Green University" 2026–2027-o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi.
"Green University" — bu butun faoliyati atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishlari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan mintaqadagi ilk ixtisoslashgan universitetdir. Mazkur ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-174-sonli qaroriga asosan davlat universiteti sifatida tashkil etilgan.
Universitet o‘zining ta’lim va ilmiy faoliyatini yetakchi mahalliy va xorijiy hamkorlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ekologik markazlar bilan yaqindan hamkorlikda olib boradi. Asosiy e’tibor tabiiy muhitni muhofaza qilish siyosati, yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishlariga moslashuv yo‘nalishlarida samarali yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy eta oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim kredit-modul tizimi asosida, Yevropa kreditlarni o‘tkazish va jamg‘arish tizimiga (European Credit Transfer and Accumulation System – ECTS) muvofiq amalga oshiriladi. Barcha yo‘nalishlarda ta'lim tili — ingliz tili.
"Green University"da talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tadqiqotlarda ishtirok etish, malaka oshirishlar va xalqaro akademik almashinuv dasturlarida qatnashishga alohida e’tibor qaratiladi.
Universitet tarkibiga zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar kiradi. Bu esa talabalarni birinchi kursdayoq ilmiy faoliyatga jalb qilishga imkon yaratadi.
Bundan tashqari, "Green University" xalqaro hamkorlik maydoni hisoblanadi. Talabalar UNEP, Jahon banki, JICA, IUCN kabi yetakchi tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlari bilan malaka oshirish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
"Green University" bitiruvchilarni bakalavriat va magistratura bosqichlarida xalqaro darajadagi sifatli ekologik ta’lim olish uchun hujjat topshirishga va mintaqa va sayyoramizning barqaror kelajagiga munosib hissa qo‘sha oladigan ekologlar, tahlilchilar, menejerlar va innovatorlar yangi avlodining bir qismi bo‘lishga taklif qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Rasmiy sayt: www.greenuniversity.uz
Elektron pochta: admission@greenuniversity.uz
☎️ Telefon: +998 55 512 00 77