AQSh va Kanadada O‘zbekiston fuqarolarining ovoz berish jarayoni boshlandi
2019-yilning 22-dekabr kuni soat 8.00 da (Toshkent vaqti bilan 18.00) Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi huzurida tuzilgan va 150-sonli Shayxontoxur saylov okrugiga (Toshkent sh.) biriktirilgan 12- va 33-saylov uchastkalarida ovoz berish boshlandi.
12-18-dekabr kunlari Vashington, Orlando, Atlanta, Chikago, San-Fransisko, Bruklin, Filadelfiya, Sietl kabi Amerika shaharlarida va Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin ovoz berishda 800 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etdi.
Saylov uchastkalari 22-dekabr soat 20.00gacha (Toshkent vaqti bilan 23-dekabr soat 6.00) quyidagi manzillarda davom etadi:
- O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasi huzuridagi 12-saylov uchastkasida manzili: 1746 Massachusetts Avenue, North West, Washington DC, 20036, USA. Telefon: +1-202-887-53-00; +1-202-251-82-98;
- O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi huzuridagi 33-saylov uchastkasida manzili: : 801 Second Ave., Floor # 20 New York, NY 10017. Telefon: +1-212-754-7403; +1-347-217-4406; +1-917-539-4664; +1-917-859-0440.