O‘zbekiston “Yil mamlakati” deb e’lon qilindi
Britaniyaning “The Economist” nashri an’anaviy tarzda har yili demokratiya sohasida eng katta yutuqlarga erishgan davlatni “Yil mamlakati” deb e’lon qiladi.
Mukofotning reyting ko‘rsatgichlarida inson yashashi uchun qulay mamlakat nomidan eng qashshoq, rivojlanishdan ortda qolgan va siyosiy inqirozga uchragan davlatlar nomi qayd etiladi.
Mukofotning bu yilgi umumiy tahliliy hisobotida dunyo mamlakatlari o‘rtasida millatlar va dinlar o‘rtasidagi kuchli ziddiyatlar hukmronlik qilgani qayd etilgan.
Nashrda, shuningdek, O‘zbekistonda majburiy paxta terimini bekor qilinishi va huquqni muhofaza qilish tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholangan.
“O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berilishi, mintaqadagi eng katta qamoqxonaning yopilishi, xorijiy jurnalistlarning mamlakatga kirishiga keng imkoniyatlar yaratilganligi va qo‘shni davlatlar bilan aloqani yaxshilashda qator chegara punktlarini ochilishi ushbu mamlakatning “Yil mamlakati” mukofotiga sazovor bo‘lishiga asos bo‘la oladi ”, deyiladi “The Economist” nashrida.
O‘zA