Adliya vazirligi izohi: Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega
Ushbu kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.
Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
saylov komissiyalarining majlislarida hozir boʻlish;
nomzodlar koʻrsatishga bagʻishlangan yigʻilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
saylov uchastkasida hozir boʻlish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning roʻyxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir boʻlish;
saylov natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini soʻrash va olish;
agar tegishli saylov uchastkasida Saylov kodeksining talablari buzilishiga yoʻl qoʻyilgan deb hisoblash uchun asoslar boʻlsa, oʻz kuzatuvlari toʻgʻrisida tegishli saylov komissiyasiga maʼlum qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi telegram kanali