Elchixona axboroti
Rossiyaning Orlov viloyatidagi “Ekositi” chiqindilarni qayta ishlash zavodida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston fuqarolarining murojaati ommaviy axborot vositalarida tarqalishi munosabati bilan Elchixona xodimlari “EkoSiti” kompaniyasi bosh direktori Yuriy Paraxin, uning o‘rinbosari Valeriy Okorovkov va respublika fuqarolari bilan bog‘landi.
Aniqlanishicha, 26 nafar O‘zbekiston fuqarosiga safarbarlik chaqiruvi texnik xato tufayli yuborilgan va hujjatlar harbiy komissariyatda tekshirilgandan so‘ng chaqiruv qog‘ozi qaytarib olinib, masala hal etilgan.
Bu ma’lumotni korxona rahbariyati va respublika fuqarolari tasdiqladi.
Bundan tashqari, Moskvadagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazish uchun Orlov viloyatiga jo‘nab ketdi.
Shu bilan birga, qisman safarbarlik e’lon qilingani munosabati bilan O‘zbekiston fuqarolari tomonidan texnik xatolar bo‘yicha chaqiruv qog‘ozlari olish holatlari mavjudligini ma’lum qilamiz. Odatda, barcha bunday hollarda safarbarlik chaqiruvi hujjatlar tekshirilgandan so'ng qaytarib olinadi.
Shu munosabat bilan, shunga o‘xshash vaziyatlarda O‘zbekistonning joylardagi Bosh konsulligi (Vladivostok, Novosibirsk, Qozon, Yekaterinburg, Sankt-Peterburg, Rostov-na-Donu) yoki O‘zbekiston elchixonasining Moskvadagi konsullik bo‘limiga murojaat qilishni tavsiya etilamiz yoki harbiy komissarlik vakillariga amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan mustaqil ravishda murojaat qiling.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi chet el fuqarolari, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlarining Rossiyaga majburiy harbiy xizmatga chaqirilishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi (https://t.me/consultashkent/1769, https://uz.sputniknews.ru/amp/20221003/posolstvo-rossii-oproverglo-sluxi-ob-obyazatelnom-prizyve-inostrantsev-na-voennuyu-slujbu-28738772.html).
Rossiya Federatsiyasidagi Bosh konsullik raqamlari:
– O‘zbekiston Respublikasi Vladivostok shahridagi Bosh konsulligi.
Telefon raqamlari: +7 423 260 48 00, +7 902 078 70 07; elektron manzil: gkuzvlv@mail.ru;
– O‘zbekiston Respublikasi Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulligi. Telefon raqamlari: + 7 343 272 31 66, +7 343 272 31 33, +7 932 616 27 07, +7 922 157 32 33, +7 953 822 00 11, +7 922 186 35 66; elektron manzil: genconsuluz@gmail.com;
– O‘zbekiston Respublikasi Qozon shahridagi Bosh konsulligi.
Telefon raqamlari:+7 843 526 55 63,+7 969 225 01 01; elektron manzil: kaz.uzconsulate@mfa.uz;
– O‘zbekiston Respublikasi Novosibirsk shahridagi Bosh konsulligi. Telefon raqamlari: +7 383 246 04 84, +7 913 735 07 07; elektron manzil: consul2011@inbox.ru;
– O‘zbekiston Respublikasi Rostov-Don shahridagi Bosh konsulligi. Telefon raqamlari: +7 988 586 70 35, +7 988 586 59 82, +7 863 294 04 76, +7 918 554 04 76; elektron manzil: rostov_uz_yordam@mail.ru, rostov@mfa.uz;
– O‘zbekiston Respublikasi Sankt-peterburg shahridagi Bosh konsulligi. Telefon raqamlari: +7 499 230 00 76; +7 499 238 36 20; elektron manzil: uzkorus@mail.ru;
Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik boʻlimining call-markazi raqamlari:
konsullik bo'limining call-markazi raqamlari: +7-499 238-36-20;
+7-499 230-00-32; +7-499 230-00-76
elektron manzil: info@uzembassy.ru, uzkorus@mail.ru
VKontakte ijtimoiy tarmoq manzili: https://vk.com/public212049002