Rossiya tomonidan xorijiy davlatlar bilan transport aloqalariga qo'yilgan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish va vaqtincha bo'lish hamda yashash joyda ro'yxatdan o'tish muddatini tiklash to'g'risida
Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilning 13 oktyabridan boshlab transport kommunikatsiyalaridagi cheklovlar olib tashlangan davlatlar fuqarolari uchun vaqtincha bo‘lish va turgan joyida hisobga olish muddati tiklanadi.
Xususan, koronavirus pandemiyasi sababli transport aloqalarining cheklanishi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2021-yil 15-iyundagi № 364-sonli Farmoniga ko’ra Rossiyada bo'lish muddati o'tgan xorijiy davlatlar fuqarolari muntazam transport aloqalari rasmiy ravishda tiklanganidan keyin 90 kungacha mamlakatda erkin bo'lishlari mumkinligi belgilangan edi.
Transport aloqalari qayta tiklangani, shuningdek, ilgari kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilingan kundan boshlab 90 kun o‘tishi munosabati bilan joriy yilning 13 oktyabridan e’tiboran Rossiya hududida xorijiy davlatlar, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining vaqtincha bo‘lish muddatlarini hisoblash qayta tiklandi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olgan holda, fuqarolar Rossiyada keyingi bo'lishlari uchun huquqiy maqomlarini tartibga solish choralarini ko'rishlari lozim.
Huquqiy holatni tartibga solish talabi Rossiyada amalda bo’lgan ishlashga va Rossiya ta'lim muassasalarida ta'lim olishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi.
Shuningdek, 2022 yil 14 iyuldan boshlab Rossiyaning 357-FZ-sonli “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun kuchga kirganligini ma’lum qilamiz, bu Rossiyada ishlayotgan chet el fuqarolariga o‘z voyaga yetmagan farzandlarini ro‘yxatga qo’yish imkonini beradi.
Xususan, Qonunning 5-bandiga binoan, 18 yoshga to'lmagan bolalar, shu jumladan asrab olingan yoki patent asosida mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi chet el fuqarosining vasiyligi ostidagi bolalarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo'lish muddati ushbu fuqarosi vasiyligi ostida bo’lish sharti bilan fuqaroga berilgan (uzaytirilgan, qayta rasmiylashtirilgan) patentning amal qilish muddatiga uzaytiriladi.