Belgorod viloyatiga tashrif to’g’risida
Joriy yilning 16-18 oktyabr kunlari Belgorod viloyati oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov (Moskvada xizmat safarida bo‘lgan) va elchi Botirjon Asadov Belgorodga tashrif buyurishdi.
Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, V.G.Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnologiya universiteti va V.Ya.Gorin nomidagi Belgorod davlat agrar universiteti talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, mazkur universitetlar va Belgorod viloyati rahbariyati bilan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvlar chog‘ida yurtdoshlarimizning yashash sharoiti, ta’lim olishi va turmush sharoiti kabi masalalar muhokama qilindi.
Oliy o‘quv yurtlari va viloyat rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida, hoxishga ko’ra, yuqoridagi oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston Respublikasidan o’qiyatgan talabalar respublikada bo‘lib turib o‘qishlarini masofaviy tarzda davom ettirishi to'g'risida kelishuvga erishildi.