Kursk davlat tibbiyot universitetida (KDMU) tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining videomurojaati yuzasidan
Joriy yilning 12 oktabr kuni Kursk davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining murojaatini o‘rganish maqsadida Respublika Hukumati topshirig'iga muvofiq Kursk shahriga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Mexriddin Xayriddinov (Moskvaga xizmat safari bilan kelgan) va Elchi Botirjon Asadov tashrif buyurdi.
Kursk davlat tibbiyot universiteti rektori Viktor Lazarenko, universitetda tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasidan kelgan talabalar bilan, shuningdek, Kursk viloyati rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida yurtdoshlarimizning yashashi, ta’lim olishi va turmush sharoitlari muhokama qilindi.
Farg‘ona sog‘liqni saqlash tibbiyot instituti va Buxoro davlat tibbiyot institutining qo‘shma ta’lim dasturi asosida Kursk davlat tibbiyot universitetiga o‘qish uchun Kursk shahriga kelgan talabalar murojaati har tomonlama muhokama qilindi.
Hozirda talabalarning murojaati O‘zbekiston Respublikasining vakolatli vazirlik va idoralari tomonidan o‘rganish uchun qabul qilingan va milliy qonunchilikda belgilangan tartibda hamda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari doirasida ko‘rib chiqiladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijalariga ko'ra qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.