Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga keldi
Davlatimiz rahbarini aeroportda Qozog‘iston Bosh vaziri A.Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
13-14-oktabr kunlari Ostonada ikkita sammit – Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlislari bo‘lib o‘tadi. Prezidentimiz ularda ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Sammitlar kun tartibiga o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti hamkor mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.