O‘zbekistonning YIdagi Missiyasida brifing o’tkazildi
2019-yilning 4-noyabr kuni O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi Missiyasida respublikada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Tadbirda Yevropa parlamenti a’zolari - Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mongoliya bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Fulvio Martushello, uning o‘rinbosari Andris Ameriks, yevrodeputat Vlodzimej Chimoshevich va ularning yordamchilari ishtirok etdilar.
Brifing ishtirokchilariga O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy hokimiyat organlarida saylov kompaniyasi boshlangani to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Joriy saylov xalqaro talablarga to‘la muvofiq holda o‘tishi, ushbu talablar esa YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) va Venetsiya komissiyasi bilan birgalikda tayyorlangan va qabul qilingan O‘zbekiston Saylov kodeksiga to‘la mos kelishi ta’kidlandi.
Qayd etilganidek, saylov kampaniyasi va bevosita ovoz berish monitoringini 50 ga yaqin xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning 600 dan ortiq kuzatuvchilari olib boradi. Xususan, mamlakat tarixida ilk marotaba YXHT DIIHB 300 nafarga yaqin kuzatuvchilardan iborat to‘la qonli missiyasini saylovga yuborishni rejalashtirmoqda.
Tadbir ishtirokchilari saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni muhokama qildilar. Yevropa parlamenti Delegatsiyasi a’zolari muhim yangilik - saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati va uning asosida saylovchilarga O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining veb-saytida saylov to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni olish imkoniyatini beruvchi elektron portal yaratilishini yuqori baholadilar.
Suhbatdoshlarda yaqinda yaratilgan “Saylov-2019” mobil ilovasi ham katta qiziqish uyg‘otdi, ushbu ilova me’yoriy-huquqiy hujjatlar, saylov komissiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, uslubiy tavsiyalar, o‘quv va boshqa materiallarni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning Brussel shahrudagi Elchixonasida saylov uchastkasi tashkil etiladi, bu yerda esa Benilyuks mamlakatlarida (Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) vaqtincha yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari ovoz berishlari mumkin.
Fulvio Martushello qayd etganidek, O‘zbekistonda bo‘lajak parlament saylovi tayyorgarlik bosqichidayoq “oshkora, demokratiya sharoitida va xalqaro me’yortlarga muvofiq” o‘tishini tahmin qilish uchun barcha asoslar beradi.