Fargʻona tibbiyot instituti talabalarining murojaati to'g'risida
Maʼlum qilamizki, Fargʻona tibbiyot instituti talabalarini Rossiyaning Krasnodardagi oliy oʻquv yurtiga qabul qilish va oʻqishga qabul qilishdan bosh tortilishi bilan bogʻliq vaziyat Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxona nazoratiga olingan.
Krasnodarga safari davomida Bosh konsulxona diplomatlari Kuban davlat tibbiyot universiteti rahbariyati, shuningdek, talabalarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Hozirda vaziyatni bartaraf etish va uni hal qilish jarayoni davom etmoqda. Natijalar bo’yicha qo’shimcha ravishda habar qilinadi.