Qozog'iston hududida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari diqqatiga
Shu munosabat bilan, O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi "Daut-ota" - "Tajen" (avtomobil) o'tish punktida fuqarolar va yengil transport vositalarining qatnovi vaqtincha to'xtatilgan. Shu bilan birga, ushbu punkt nuqtasi orqali yirik yuk tashuvchi avtomobillarning o'tishiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, "Nukus-Beyneu-Nukus" yo'nalishi bo'yicha temir yo'l aloqasi ham to'xtatildi.
O'zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari O'zbekistonga O'zbekiston-Qozog'iston davlat chegarasidagi "Daut-ota" dan tashqari o'tish punktlari orqali kelishlari mumkin.
Shuningdek, "Aqtau-Nukus", "Aqtau-Urganch", "Olmaota-Toshkent", "Olmaota-Samarqand" va "Nur-Sulton - Toshkent" yo’nalishlaridagi havo qatnovi ham faoliyat ko'rsatmoqda.
O'zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari maslahat uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:
O'zbekistonning Qozog'istondagi Elchixonasi (Nur-Sulton shahri) – 8 (717) 295-45-87;
O'zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi– 8 (727) 390-26-16, 8 (727) 299-20-70;
O'zbekistonning Oqtau shahridagi Bosh konsulxonasi – 8 (729) 277-71-17.