Oʻzbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi
Muloqotda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik hamfa barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilindi.
Bosh kotib O‘zbekistonning 2022-yil 26-iyul kuni Toshkent shahrida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Mazkur forumda BMTdan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etadi.
A.Guterrish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan tingladi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.