O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
Davlat rahbarlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdilar.
Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.
Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo, transport va sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lgan qo‘yilgani, Zarafshon daryosida Yavan GESi qurilishi loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuzasidan fikr almashildi.