Qozog‘iston O‘zbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarorlarini olqishlamoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda
“O‘zbekiston Qozog‘istonning qardosh davlati, ishonchli ittifoqchisi va strategik hamkoridir, - deb taʼkidlangan hujjatda. - Shu bois Qozog‘istonda qo‘shni do‘st mamlakatdagi voqealar xavotir bilan qabul qilindi.
Biz O‘zbekiston oliy rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarorlarini olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.
Muhim siyosiy voqea – Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha referendum arafasida qardosh O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalik hukm surishiga ishonchimiz komil.
Qozog‘iston 1998-yil 31-oktyabr kuni imzolangan Abadiy do‘stlik, 2013 yil 14 iyun kuni imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomalar, shuningdek, 2021-yil 6-dekabr kuni imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ruhida O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash kursiga qatʼiy amal qiladi”.