Prezident Nukusdagi mahalla aholisi bilan muloqot qildi
Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining shaxsiy telegram-kanalida yozdi.
«Jeketeraklik yoshullilar kechagi ko‘ngilsiz voqealarda baʼzi yoshlar adashgani va qonunga zid harakatlar sodir etgani, tashqi g‘arazli kuchlar taʼsiriga tushib, his-hayajonga berilganini afsus bilan aytishdi, - deya maʼlum qildi Sherzod Asadov. - O‘zbeklar va qoraqalpoqlar ikki tilli bir el ekanini, mamlakatimiz birligi va tinchligini qadriga yetish kerakligini taʼkidladi».