Joriy yilning 25 iyunida O‘zbekiston Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yiladi

Bu mening Konstitutsiyam telegram kanali ma'lumotiga ko‘ra, qarorda «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi 25 iyun' kuni umumxalq muhokamasi uchun «Xalq so‘zi», «Narodnoe slovo» gazetalarida hamda «Meningkonstitutsiyam.uz» elektron platformasida e'lon qilinishi belgilandi.
Qarorga muvofiq, umumxalq muhokamasi 25 iyundan 5 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, o‘tkazilgan umumxalq muhokamasi natijasiga ko‘ra tayyorlangan Konstitusiyaviy qonun loyihasi referendumga qo‘yilishi ma'lumot uchun qabul qilindi.