O‘zbekistonda Rossiya Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza xizmati” korxonasi vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tkazildi
Uchrashuvda Rossiya Ichki ishlar vazirligining «Pasport-viza xizmati» federal davlat unitar korxonasi vakiliga ushbu tashkilot TIV huzurida rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgani haqidagi sertifikat topshirildi.
Oleg Kostyuk akkreditatsiyadan o‘tkazilganlik uchun minnatdorlik bildirib, vakolatxona nafaqat o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini uyushgan ravishda jalb qilish bo‘yicha «pilot loyiha» doirasida faol ishtirok etish, balki fuqarolar uchun turli xizmatlar, xususan, konsalting va axborot xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish niyatida ekanini taʼkidladi.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining asosiy faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarga migratsiya sohasida axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, Ichki ishlar vazirligiga taqdim etilgan arizalar va boshqa hujjatlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadigan yagona tuzilmadir.
Ayni paytda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiya Ichki ishlar vazirligining «Pasport-viza xizmati» federal davlat unitar korxonasi bilan mamlakatimizdan Rossiyaga 10 ming quruvchini ishga jalb qilish bo‘yicha «pilot loyiha» doirasida hamkorlik qilmoqda.
«Pilot loyiha» mehnat migrantlarining Rossiyaga kirish mexanizmini optimallashtirish, ish beruvchilar bildirgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda mutaxassislar malakasini oshirish, shuningdek, yurtdoshlarimizning Rossiya hududiga borishi uchun zarur bo‘lgan protseduralarni o‘tkazishga qaratilgan. Barcha zarur tibbiy va huquqiy protseduralar, shuningdek, jalb etilgan o‘zbekistonlik mutaxassislarning malaka tekshiruvlari Toshkentda amalga oshiriladi.