Moskvada O'zbekiston talaba-yoshlari bilan samarali uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zbekiston elchixonasida O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi vakili Feruza Ablayarova, Bosh konsul Valijon Niyozxo'jayevning Rossiya oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan fuqarolar orasidan faol talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Xususan, tadbirda “Rossiya хalqlar do'stligi universiteti”, "Iqtisodiyot Oliy maktabi" milliy tadqiqot universiteti, “Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti”, “G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti”, “Rossiya transport universiteti”, “N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti” va "Sinergiya" universitetlari talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuv Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi doirasida bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekistonda yoshlar bilan ishlash borasidagi so'nggi o'zgarishlar va islohotlar, shuningdek, kredit siyosati, ta'lim va madaniy-gumanitar almashuv sohasidagi yangi me'yoriy hujjatlar haqida so'z yuritildi. Shuningdek, yoshlar ishlari agentligi tomonidan tayyorlangan videoroliklar ham ko'rib chiqildi.
Shuningdek, kunduzgi va sirtqi bo'lim talabalarini qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. O'z navbatida, elchixona xodimlari tomonidan talabalarga nisbatan konsullik faoliyatini amalga oshirish tartibi tushuntirildi va bu borada ular qo'llab-quvvatlandi. Kasb-hunar amaliyotini o'tash, huquqbuzarliklar oqibatlarini oldini olish, shu jumladan, jinoiy javobgarlikdan qochish uchun mamlakat qonunchiligiga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Respublika huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tayyorlangan profilaktik videoroliklar namoyish etildi.