Attention citizens of Uzbekistan, traveling to Russia
2019-yilning 17-iyul Rossiya Bosh vazirining 907-son Qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq Rossiya davlat chegarasi o‘tish punktlarida davlat karantin fitosanitariya nazoratini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra Rossiya chegarasini kesib o‘tayotgan shaxs bagaj va qo‘l yuki sifatida 5 kg dan ortiq bo‘lmagan sabzavot va mevalarni, har birida eng ko‘pi 15 dona gul va o‘simliklarning boshqa qismlari bo‘lgan uchtadan ko‘p bo‘lmagan guldastani olib o‘tishi mumkin bo‘ladi. Mazkur tovarlardan katta miqdorda olib kirish uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlari talab qilinadi. Aks holda 2 kun ichida mahsulotlar qaytarib yuboriladi yoki egasi hisobidan yo‘q qilinadi.
TIV Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaga ketayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yangi qoidalar samalyot, poyezd va avtomobil yo‘lovchilariga ham taalluqli ekanligini hisobga olishlarini so‘raydi. Mazkur cheklovlar transport tizimlari xodimlariga va pochta jo‘natmalariga ham tegishli.