Ziyorat odobi
1. Erkak va ayollarning alohida ziyorat qilishlari hamda navbat va tartibga rioya qilishlari tavsiya etiladi.
2. Uchala dinga tegishli muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishda qo‘l va oyoqning ochiq joylarini yopish muhim. Muvofiq kiyimda va bosh kiyimida bo‘lish o‘ziga xos odob, samimiy xushmuomalalik va o‘tganlarning xotirasiga hurmat hamda milliy anʼanaga bo‘lgan eʼtibor belgisidir.
3. Qabrlarni bosish va ustiga o‘tirish mumkin emas. Shuningdek, baland ovozda gapirish, kulish va shovqin qilish ham mumkin emas. O‘zini odob doirasida tutish, past ovozda gapirish va shovqin qilmaslik kerak.
4. Muqaddas qadamjolarni ozoda saqlash muhim. Bu yerda taom tayyorlash va yeyish, musiqa tinglash, dam olish, uxlash, chekish, spirtli ichimliklar isteʼmol qilish va shu kabilar taʼqiqlanadi.
5. Qabrlarga pul tashlash mumkin emas. Pulni maxsus xayr-ehson uchun ajratilgan qutilarga solish kerak.
6. Muqaddas qadamjolar va binolar xalqimizning buyuk qadriyati va Vatanimizning diqqatga sazovor betakror joylari, milliy maʼnaviyat va madaniy qadriyatlarning nodir durdonalari hisoblanadi. Shu sababli ushbu muqaddas qadamjolarni saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish jonajon Vatanimizning har bir kishisi va fuqarosining burchi hisoblanadi.