Yangi O‘zbekiston: saylov kodeksi, saylov amaliyoti va yangicha saylov dunyoqarashi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Caylov yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev ishonchli g‘alaba qozondi: 80,1 foiz ovoz olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ikkinchi muddatga saylandi.
Saylov qonunchiligiga joriy yil 8 fevral va 31 may kunlari o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Shu asosda, avvalo, saylov jarayoni ishtirokchilari, yaʼni saylovchilar, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, ommaviy axborot vositalari hamda milliy va xalqaro kuzatuvchilarning huquqlari va kafolatlari kengaytirildi. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tuzildi.
Birinchi marta mamlakatimizning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkasiga o‘rnatilgan 414 ta videokamera (bu 2019 yilgi parlament saylovi davridagi ko‘rsatkichdan 147 foiz ko‘p) orqali uzatilgan onlayn namoyish millionlab odamlar ovoz berish jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishi uchun qulay imkoniyat tug‘dirdi. bu jarayon, ayniqsa, markaziy saylov komissiyasining saylov portali va matbuot xizmati binosidagi ulkan ekranda, shuningdek, “O‘zbekiston-24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda uzluksiz tarzda ko‘rsatib borildi.
Prezident saylovining o‘ziga xos xususiyatlari
Bu haqda fikr yuritganda, avvalo, ushbu saylovning bir qator alohida xususiyatlarini sanab o‘tish o‘rinli, deb hisoblaymiz.
Birinchi xususiyati: O‘zbekiston Konstitutsiyasining 117moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq, Prezident saylovi ilk marta oktyabr oyida o‘tkazildi. Ilgari aholining saylov ovoziga ega 67 million nafar vakili bu davrda paxta yig‘imterimida band bo‘lishi hisobga olinib, Bosh qonunimizda saylovlarni dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazish belgilangandi.
Bu, bir tomondan, joylardagi saylov uchastkalarini qishning sovuq va qorqirovli kunlarida ovoz berish uchun tayyorlashda ko‘plab muam molarni keltirib chiqarsa, ikkinchi tomondan, fuqarolarning saylovda ishtirok etish faolligiga ham muayyan darajada salbiy taʼsir ko‘rsatmay qolmasdi. Shu maʼnoda, bu galgi Prezident saylovi oktyabr oyida o‘tkazilgani bunday muammolarga oson yechim topish imkoniyatini yaratdi.
Natijada saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchidan Prezident saylovida, chet ellarda ovoz bergan vatandoshlarimiz bilan birga hisoblaganda, 16 million 212 ming 343 nafar saylovchi ishtirok etdi. Bu saylovchilar umumiy sonining 80,4 foizi. 421 ming 176 nafar saylovchi joriy yil 14 oktyabrdan 20 oktyabrgacha o‘tkazilgan muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi.
Ikkinchi xususiyati: saylov uchastkalarida pandemiya sharoitida aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, saylovchilar va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash uchun zarur barcha shartsharoit yaratildi. Saylov pandemiya sharoiti talablariga to‘liq amal qilgan holda o‘tdi.
Okrug va uchastka saylov komissiyalariga bir marta qo‘llaniladigan 12 million 700 ming dona tibbiy niqob, 21,5 ming litr antiseptik vosita va boshqa turdagi himoya hamda dezinfeksiya vositalari yetkazib berildi. Saylov komissiyalarining 142 ming nafardan ziyod aʼzosi koronavirusga qarshi vaksina bilan to‘liq emlandi.
Uchinchi xususiyati: Prezident saylovi ilk marotaba 2019 yilda qabul qilingan Saylov kodeksi asosida o‘tkazildi. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi amalda jiddiy sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Bu o‘rinda so‘nggi besh yil mobaynida mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar yuz berganiga eʼtibor qaratish lozim. Xalqaro va xorijiy ekspertlar taʼkidlaganidek, yangi O‘zbekistonda saylov qonunchiligini izchil takomillashtirish hamda saylov o‘tkazish amaliyoti sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarildi.
Xususan, saylov qonunchiligiga joriy yil 8 fevral va 31 may kunlari o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Shu asosda, avvalo, saylov jarayoni ishtirokchilari, yaʼni saylovchilar, siyosiy partiyalar, saylov komissiyalari, ommaviy axborot vositalari hamda milliy va xalqaro kuzatuvchilarning huquqlari va kafolatlari kengaytirildi. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tuzildi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish orqali saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi yana-da takomillashtirildi.
To‘rtinchi xususiyati: saylov demokratik ruhda, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida bo‘lib o‘tdi. Partiyalararo qizg‘in kurash muhitida o‘tgan saylovda har bir partiya nomzodi o‘z dasturi bilan hamda nomzodlarning ishonchli vakillari faol qatnashdi, barcha hududlarda saylovoldi tashviqot-targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi.
Prezidentlikka nomzodlarning har biri uchun “O‘zbekiston24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla” hamda “Madaniyat va maʼrifat” telekanallarida 210 daqiqa bepul efir vaqti ajratildi. Har bir teleradiokanalda siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqotiga oid teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar 150 soniyali blokda 4 martadan efirga uzatib borildi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 13 ta mintaqaviy telekanalida esa, shu maqsadlar uchun 1 ming 900 daqiqa vaqt ajratildi.
Beshinchi xususiyati: Markaziy saylov komissiyasi, okrug va uchastka saylov komissiyalari o‘z faoliyatini Saylov kodeksi talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi va kalendar rejasiga binoan, qonuniylik, mustaqillik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga to‘la amal qilgan holda tashkil etgani saylovning sifati hamda saviyasiga bevosita ijobiy taʼsir ko‘rsatdi.
Bunda, ayniqsa, siyosiy partiyalar va Prezidentlikka nomzodlar uchun saylov kampaniyasi davrida saylovoldi tashviqoti uchun teng va keng imkoniyatlar yaratilgani muhim ahamiyat kasb etdi.
Oltinchi xususiyati: saylov jarayonlari ommaviy axborot vositalari va internet orqali keng yoritib borildi. Bu borada, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar nihoyatda faol bo‘ldi. Ushbu omillar, hech shubhasiz, Prezident saylovi xalqaro mezonlar va standartlarga mos milliy saylov qonunchiligiga, unda belgilangan ochiqlik, oshkoralik, erkinlik va adolat kabi umumeʼtirof etilgan demokratik prinsiplarga to‘la mos holda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishiga yaqindan xizmat qildi.
Saylovoldi tashviqoti davrida prezidentlikka nomzodlarning har biri uchun mamlakat ahamiyatiga molik davriy nashrlar — “Yangi O‘zbekiston”, “Pravda Vostoka”, “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalari — 5 sahifadan, shuningdek, “Ovozi tojik” va “Nurli jol” gazetalari 5,5 sahifadan joy ajratdi. Hududlardagi 26 ta mahalliy gazeta har bir nomzodga 42 sahifadan joy taqdim etdi.
Yettinchi xususiyati: ilk bor nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebatlar o‘tkazildi. Teledebatlar saylovchilarga har bir siyosiy partiya ilgari surayotgan g‘oyalarni taqqoslash, partiyalarga esa davlat va jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarga doir qarashlarini, yangi taklif va tashabbuslarini erkin ifoda etish imkonini berdi.
Sakkizinchi xususiyati: prezidentlikka nomzodlarning tarjimai holi va saylov dasturi aks etgan 847 ming 370 dona tashviqot plakati o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida hamda ilk marotaba tojik, qozoq, turkman va qirg‘iz tillarida chop etildi. Nomzodlar haqidagi maʼlumotlar mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan 421 ta elektron monitorda muntazam namoyish etildi.
To‘qqizinchi xususiyati: imkoniyati cheklangan fuqarolarning saylovda to‘laqonli ishtirok etishi uchun targ‘ibot materiallari va saylov byulletenlari brayl alifbosida chop etilib, audioyozuvda tarqatildi, surdo tarjima bilan taʼminlandi.
O‘ninchi xususiyati: fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlar, milliy madaniy markazlarning ko‘p ming sonli vakillari hamda volontyorlar saylov kampaniyasining barcha bosqichlarida keng va faol ishtirok etdi.
O‘n birinchi xususiyati: saylov jarayonlarini 197 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining 1 ming 439 nafar vakili va 140 dan ortiq nufuzli xorijiy OAVning 233 nafar jurnalisti yoritib bordi. Shu maqsadda ro‘yxatdan o‘tkazilgan jami ommaviy axborot vositalari vakillarining soni 1 ming 672 nafarni tashkil etdi.
Saylov kampaniyasi davomida xorijiy va milliy nashrlarda 76 mingdan ziyod material eʼlon qilindi. Bu 2019 yilgi parlament saylovi davridagi ko‘rastkichdan 34 mingta ko‘pdir.
O‘n ikkinchi xususiyati: saylovni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament Assambleyasi hamda Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va MDH Parlamentlararo Assamb leyasi, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Turkiy kengash Parlament Assambleyasi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi 20 ga yaqin nufuzli xalqaro tashkilotdan 631 nafar xalqaro kuzatuvchi bevosita kuzatib bordi.
Shuningdek, 50 ga yaqin davlatdan 340 nafar xorijiy kuzatuvchi tashrif buyurdi va saylov jarayonlarini kuzatishda faol ishtirok etdi. Saylov jarayonlarini kuzatishda jami 971 nafar xalqaro va xorijiy kuzatuvchi qatnashdi.
O‘n uchinchi xususiyati: saylovda ishtirok etgan beshta siyosiy partiyadan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan 64 ming 450 nafar vakil milliy kuzatuvchi sifatida saylov jarayonida faol bo‘ldi.
O‘n to‘rtinchi xususiyati: birinchi marta mamlakatimizning tuman va shaharlaridagi 207 ta saylov uchastkasiga o‘rnatilgan 414 ta videokamera (bu 2019 yilgi parlament saylovi davridagi ko‘rsatkichdan 147 foiz ko‘p) orqali uzatilgan onlayn namoyish millionlab odamlar ovoz berish jarayonlarini to‘g‘ridanto‘g‘ri kuzatib borishi uchun qulay imkoniyat tug‘dirdi. Bu jarayon, ayniqsa, Markaziy saylov komissiyasining saylov portali va Matbuot xizmati binosidagi ulkan ekranda, shuningdek, “O‘zbekiston24” telekanali orqali to‘g‘ridanto‘g‘ri hamda uzluksiz tarzda ko‘rsatib borildi.
O‘n beshinchi xususiyati: vatandoshlarimiz uchun 37 ta davlatda tashkil etilgan 54 ta saylov uchastkasida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 299 ming 780 nafar fuqaromizga ovoz berish imkoniyati yaratildi. Avvallari faqat konsullik vakolatxonalarida rasman ro‘yxatdan o‘tgan O‘zbekiston fuqarolarigina saylovda qatnashardi.
Bu galgi saylovda mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari mavjud bo‘lmagan 11 ta mamlakatda ham xorijdagi yurtdoshlarimiz uchun zarur sharoitlar tug‘dirib berildi. Yaʼni dunyoning 149 ta shahrida jami 380 ta qo‘shimcha ko‘chma saylov uchastkasi tashkil etildi.
O‘n oltinchi xususiyati: ushbu saylovda ilk bor ovoz berish ko‘rsatkichlari ancha salmoqli bo‘lgani kuzatildi. Bunda, bir tomondan, birinchi marta konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan 887 ming 686 nafar yosh yigitqiz, ikkinchi tomondan, keyingi davrda O‘zbekiston fuqaroligini olgani uchun ilk bor saylovda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan minglab yurtdosh larimizning ulushi ko‘zda tutilmoqda.
Bularning barchasi so‘nggi yillarda jamiyatimizda tobora mustahkamlanib borayotgan ochiqlik va oshkoralik ruhining saylov jarayonida ham yaqqol namoyon bo‘lganini isbotlaydi. Binobarin, bugun xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan yangi O‘zbekiston ulug‘ ajdodlarimizning milliy va tarixiy anʼanalarini davom ettirib, yana-da boyitib, har tomonlama muttasil rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlat sifatida butun dunyo eʼtiborini tortmoqda.
Shu maʼnoda, Prezident saylovi xalqimiz yuksak tafakkuri va donishmandligining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. Ushbu saylov yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda, jumladan, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning uzviy va mantiqiy davomidir.
Prezident saylovi: samarador Harakatlar strategiyasiga munosib baho va “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”ga yuksak ishonch ifodasi
Prezident saylovida xalqimiz nafaqat davlat boshlig‘ini sayladi, balki yangi O‘zbekistonimizning kelajagini ham tanladi. Elyurt istiqboli uchun ovoz berdi.
Qolaversa, saylovda xalqimiz o‘tgan besh yil davomida amalga oshirilgan keng ko‘lamli va samarador islohotlarni munosib baholadi. Yurtdoshlarimiz Harakatlar strategiyasi doirasidagi shiddatli va demokratik islohotlarga haqiqiy baho berdi: xalqimiz ushbu strategik dastur muallifi va tashabbuskori, haqiqiy vatanparvar va fidoyi inson Shavkat Mirziyoyevdan rozi ekanini amalda tasdiqladi.
Chindan ham, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tgan qisqa davrda mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ulkan o‘zgarishlar kechdi. Davlat rahbarining xalqparvar ichki va tashqi siyosati natijasida jonajon Vatanimiz izchil taraqqiy etib, xalqimizning baxti to‘kis va hayoti tobora farovon bo‘lib bormoqda.
Mamlakatimizda demokratik tamoyillar asosida ijtimoiyiqtisodiy va maʼnaviysiyosiy munosabatlarni qonunchilik yo‘li bilan muvofiqlashtirish, aholining turmush sifati va darajasini yana-da oshirishga qaratilgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Inson huquqlari, inson qadri ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Bugun O‘zbekistonda “Inson qadri uchun!” shiori keng amal qilmoqda. Bunda, avvalambor, “Xalq — davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili hayotimizga izchil joriy etilayotgani muhim o‘rin tutmoqda. Prezidentning Xalq va Virtual qabulxonalari tashkil etilgani insonni qadrlash, qadrqimmati va izzatobro‘sini joyiga qo‘yish uchun uning muammolariga yechim topish, tashvishlarini hal etish va dardiga malham bo‘lish juda muhim ekanini amalda ko‘rsatdi.
Dunyoda do‘stlarimiz va yaqin hamkorlarimiz yana-da ko‘paymoqda. Mingdan ortiq xalqaro va xorijiy kuzatuvchi, jahon ommaviy axborot vositalari vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi demokratiya va raqobat ruhida, qonuniy va adolatli, ochiq va shaffof, xolis va oshkora asosda bo‘lib o‘tganini eʼtirof etdi.
Saylovda O‘zbekiston xalqi, bir tomondan, Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida amalga oshirilgan shiddatli islohotlarimiz samaralariga yuksak baho berdi. Ikkinchi tomondan, saylovchilar ana shu ibratli ishlarning davomi bo‘lgan yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga komil ishonch bildirdi.
Xalqimiz Shavkat Mirziyoyev bilan hamisha birgaligini — birgalikda yagona va yakdil yangi O‘zbekistonni bunyod etishga tayyor ekanini shoyon etgani buning yaqqol tasdig‘i bo‘ldi. Saylovchilar O‘zbekiston Prezidentining Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi ezgu va g‘oyatda masʼuliyatli ishlarini yana bir bor o‘z ovozlari yordamida faol qo‘llabquvvatladi.
Eng asosiysi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobida bayon etilgan va xalqimiz yuksak ishonch bildirgan yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida bugun o‘zbekistonliklar o‘z oldiga juda katta marralarni belgilab oldi. Ushbu ezgu yo‘lda xalqimizni jipslashtirsak, barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan marralarga albatta erishamiz.
Yangi O‘zbekiston va yangicha saylov dunyoqarashi
Eng muhimi, Prezident saylovi yangi O‘zbekistonda yangicha saylov dunyoqarashi shakllanganini yaqqol ko‘rsatdi. Bu, o‘z navbatida, fuqarolarimizning siyosiy faolligi yuksalib, yangi O‘zbekiston taqdiriga, demakki, o‘zi va oilasi kelajagiga daxldorlik hissi yana-da oshib borayotgani timsolida ro‘yrost namoyon bo‘ldi.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yana-da yuksaltirish hamda ertangi kunimiz ravnaqida bugungi Prezident saylovi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu bois, yurtimizda ushbu siyosiy jarayonga puxta va qizg‘in hozirlik ko‘rildi.
Fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega ekani Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan. Saylov demokratik huquqiy davlatning asosiy belgisi, xalq xohishirodasining erkin ifodasidir. Mamlakatimizda yaratilgan mutlaqo yangi saylov tizimi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqi to‘liq amalga oshishiga xizmat qilmoqda.
Saylov jarayoni xalqaro huquq normalariga mos holda, oshkoralik, ko‘ppartiyaviylik, erkinlik, tenglik tamoyillariga muvofiq ravishda bo‘lib o‘tdi. Bunda saylov tizimiga oid qonunchilikda fuqarolarning saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda erkin qatnashishi, ovoz berish yashirinligi, buni har bir fuqaroning o‘zi bevosita amalga oshirishi belgilab qo‘yilgani alohida ahamiyat kasb etdi. Aksariyat xalqaro, xorijiy va milliy kuzatuvchilar ovoz berish kuni saylov uchastkalaridagi gavjumlik, ko‘tarinki kayfiyat eʼtiborini tortganini alohida taʼkidlagani diqqatga sazovordir. Zero, bu muhim voqelik aholining siyosiy ongi oshganini ko‘rsatadi.
Yaʼni yurtdoshlarimizning saylovda faol ishtirok etgani va ovoz berishdek masʼuliyatli ishni sidqidildan bajargani xalqimiz Vatanimizning kelgusi taqdirini belgilab olishdek fuqarolik burchiga aslo befarq emasligidan yorqin dalolat beradi. Eng muhimi, bunday faol lik nafaqat poytaxtimizda, balki barcha hududlarda va xorijiy davlatlarda ham birdek namoyon bo‘ldi.
Davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taʼminlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy burchidir. Prezident mamlakatda ichki va tashqi siyosatni yuritish, xalqimiz farovonligini taʼminlashdek masʼuliyatli vazifalarni amalga oshiruvchi eng asosiy va muhim shaxs hisoblanadi.
Albatta, g‘oyatda masʼuliyatli ushbu vazifalarni to‘laqonli bajarish, mamlakat barqarorligi va xavfsizligini taʼminlash oson ish emas. Shu jihatdan saylovda munosib nomzodga ovoz berishning ahamiyati juda katta ekanini xalqimiz teran anglab yetdi. Bu haqiqatni saylov yakunlari amalda tasdiqladi.
Saylovga majburan chorlovlarga yo‘l qo‘yilmadi. Qolaversa, oila aʼzolaridan bir kishining barcha byulletenlarni tashlashidek eskirgan amaliyot bu galgi ovoz berish jarayonida deyarli uchramadi.
Yangi O‘zbekiston uchun bo‘lib o‘tgan yangicha saylov chin maʼnoda shaffof va ochiq tarzda tashkil etilgani bilan tubdan farq qildi. Saylov kuniga qadar nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan obdon tanishib chiqish imkoniyati yaratildi.
Prezidentlikka nomzodlarning chiqishlarini ommaviy axborot vositalari va internet orqali nafaqat butun xalqimiz, balki jahon jamoatchiligi eminerkin kuzatib bordi. Bularning barchasi, albatta, o‘zbekistonlik har bitta saylovchi kelgusi besh yilda Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun sadoqat bilan xizmat qilishga qodir, o‘zi munosib topgan nomzodga ovoz berishi uchun talab etiladigan barcha sharoit va imkoniyatlar ifodasidir.
Xulosa qilib aytganda, dunyoqarashning o‘zgarishi — eng katta yutuq. Insonning ongi va dunyoqarashi o‘zgarsa, uning hayoti albatta, o‘zgaradi. Shu asosda, Prezident Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Barchamiz birgalikda yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini albatta, amalga oshiramiz! Yangi O‘zbekistonni birgalikda bunyod etamiz! Uchinchi Renessans poydevorini birgalikda yaratamiz”.
Akmal Saidov, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori