Smart muzey Ichan-qal’a Moskvani zabt etmoqda
Moskva shahrining "Manej" Markaziy ko‘rgazmalar zalida «Intermuzey-2019» XXI Xalqaro muzeylar festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Festivalda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda "Ichan-qal’a" davlat muzey qo‘riqxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan birgalikda milliy stendni tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga binoan "Ichan-qal’a" davlat muzey-qo‘riqxonasida innovatsion texnologiyalar asosida joriy etilgan smart-muzey mazkur festival pavilonlaridan joy oldi.
Ko‘rgazma doirasida, "Ichan-qal’a" davlat muzey qo‘riqxonasi bo‘ylab Android- va IOS qurilmalarida mavjud bo‘lgan mobil ilovalar orqali virutal mustaqil sayohat qilish imkoniyatini beradigan smart-muzeyi hamda NazzAR dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur yangilik festivalga tashrif buyurgan 7 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan tomoshabinlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi, o‘zbek stendi atrofida tizilgan mehmonlar va festival ishtirokchilari Xiva bo‘ylab virtual sayohat qilish istagini bildirdi. Bizning pavilonni jurnalistlar ham chetlab o‘tmadi. Respublikamiz innovatsion tajribasi xaqidagi reportajlar «Rossiya – Kultura», BRICS TV va boshqa telekanallar tomonidan tasvirga olindi.
Xorazm viloyati tarixi va madaniyati xaqida festival ishtirokchilarini tanishtirish imkoniyatini xalq amaliy bezak san’ati namunalari xizmat qildi. Shuningdek, namoyish etilgan san’at namunalari xaqida so‘zlovchi xujjatli filmlar va roliklar pavilonga tashrif buyurgan tomoshabinlarga havola etildi.
«Intermuzey-2019» XXI xalqaro festivali 2 iyunga qadar davom etadi.