O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

Ozbekiston Respublikasi tashqi siyosatining maqsad va vazifalari

Ozbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatimiz Konstitutsiyasiga, Tashqi siyosiy faoliyat Kontseptsiyasi togrisidagi va Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari togrisidagi qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning dasturiy nutqlari va maruzalariga, mamlakatimiz tomonidan imzolangan xalqaro konventsiya va shartnomalarga asoslanadi.

Ozbekiston oz mustaqilligining ilk kunlaridanoq milliy manfaatlarga asoslangan va har tomonlama puxta oylangan tashqi siyosat olib bormoqda. Ozbekiston tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan keng etirof etilib, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro-etiborini, uning mintaqaviy va xalqaro masalalarda roli va ahamiyatini mustahkamlab kelmoqda.

Ozbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga oz vaqtida va adekvat javob choralari orqali echishni talab etadigan XXI asrning ota shiddat bilan ozgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda.

Ozbekiston Respublikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari - bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro munosabatlarning tolaqonli subekti sifatidagi orni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni taminlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez suratlar bilan osishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yolidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan orin olishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.

Ozbekiston oz tashqi siyosatida quyidagi printsiplarga sodiq bolib qolmoqda:

- ozining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta oylangan tashqi siyosat olib borish;

- teng huquqlilik va ozaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yol bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik.

Tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga muvofiq, Ozbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yonalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdostliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini ozida saqlab qoladi.

Ozbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini ozida saqlab qoladi.

Ozbekiston Respublikasi qoshni davlatlardagi qurolli mojarolarga va keskinlik uchoqlariga tortilishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni koradi, shuningdek oz hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va obektlari joylashtirilishiga yol quymaydi.

Konstitutsiyaga, Mudofaa togrisidagi Qonunga va Harbiy doktrinaga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari faqat davlat suvereniteti va mamlakat hududining yaxlitligini, aholining tinch xayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuziladi hamda xorijdagi tinchlikparvarlik operatsiyalarida ishtirok etmaydi.

Bugungi kunda Ozbekistonning tashqi siyosatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;

- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;

- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afgonistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga komaklashish;

- jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, kop qirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, Ozbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;

- mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni oz vaqtida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan preventiv diplomatiya chora-tadbirlaridan foydalanish;

- Ozbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, masuliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyohlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;

- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga togridan-togri chet el investitsiyalari va ilgor texnologiyalarni jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va kop tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;

- Ozbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini taminlaydigan kop muqobilli transport-kommunikatsiya yolaklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

- xorijdagi Ozbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini taminlash.

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru