O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

25-may 2018 yil

Rossiyada futbol boyicha jahon chempionati otkaziladigan shaharlarda

chet ellik fuqarolarni royxatga olish togrisida

 

Rossiya Ferderatsiyasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi 214-sonli qaroriga muvofiq futbol boyicha jahon chempionati otkaziladigan paytda, yani 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha bolgan davrda, chet el fuqarolari va fuqaroligi yoq shaxslarni royxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi.

Bundan tashqari, royxatga olish tartibiga yana bir ozgartirish kiritildi. Ilgari 2018-yil 25-mayidan 25-iyuligacha bolgan davrda chempionat otkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bolinmalarida (IIB) royxat turishlari lozim bolgan bolsa, endilikda IIB yoki Mening xujjatlarim ( ) kop funksiyali markazlarida (KFM) royxatdan otishlari mumkin boladi.

Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qatiy nazar barcha xorijliklarga talluqlidir. Ushbu tartib faqat futbol boyicha 2018-yilgi jahon chempionati oyinlari bolib otadigan 11 ta shaharga borishdagina dolzarb. Ushbu shaharlar quyidagilar: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgrad, Rostov-na-Donu, Kazan va Yekaterinburg.

Ozbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur ozgarishlarni albatta hisobga olishlari shart. Zero oz vaqtida migratsion hisobga qoymaslik mamuriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qoyilishiga olib kelishi mumkin.

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru