O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

1-iyun 2017 yil

Rossiyaga keladigan Ozbekiston fuqarolari diqqatiga

 

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Rossiyada Futbol boyicha 2018-yilgi jahon chempionati va 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogini otkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qollash xususiyatlari togrisidagi farmoniga muvofiq ushbu tadbirlar otkaziladigan vaqtda chet el fuqarolarini migratsion hisobga (royxatga) olish tartibi ozgartiriladi.

Farmonga kora tortta Rossiya shaharlari Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozonda 2017-yilning 1-iyunidan 12-iyuligacha, shuningdek 2018-yilning 25-mayidan 25-iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-na-Donu, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migratsion hisobga qoyish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi.

Vaqtinchalik bolib turish (vaqtinchalik yoki doimiy yashash) uchun kelgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bolmagan shaxslarni bolib turish joyida hisobga qoyish yoki yashash joyida royxatga olish ularning bolib turish joyiga yoki yashash joyiga yetib kelgan kunidan boshlab bir sutka ichida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida kozda tutilgan hujjatlarni qabul qiluvchi tomon yoki bevosita chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bolmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgach, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hududiy organi tominidan amalga oshiriladi, - deb yozilgan hujjatda.

Ozbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur ozgarishlarni albatta hisobga olishlari shart. Zero oz vaqtida migratsion hisobga qoymaslik mamuriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qoyilishiga olib kelishi mumkin.

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru