O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

IQTISODIYOT

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-yilligiga bagishlangan tantanali marosimda Prezident Islom Karimovning takidlashicha, otgan 22-yillik mustaqil taraqqiyotimiz davomida Ozbekiston iqtisodiyoti 4,1 barobar osdi. Agarki mamlakatimiz aholisi ayni shu davrda qariyb 9,7 millionga kopayib, bugungi kunda 30 million 500 mingga yaqin kishini tashkil etayotgani hisobga olinadigan bolsa, aholi jon boshiga nisbatan osish 3 barobardan ziyodni tashkil etadi.

Jahon miqyosida hali-beri davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning jiddiy tasiriga qaramasdan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining yillik osishi 2008-2013-yillarda 8 foizdan oshdi, 2014-yilda esa bu korsatkich 8,1 foizni tashkil etadi. Bunday osish suratlarini kamdan-kam davlatlarda kuzatish mumkin.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholining real yalpi daromadlari jon boshiga 8,2 barobar oshganining ozi xalqimizning hayot darajasi tobora osib borayotganidan dalolat beradi.

Ozbekistonning tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16 foizdan oshmayapti, eksport va oltin-valyuta zaxiralarimiz hajmi kopayib bormoqda.

Otgan davr mobaynida makroiqtisodiy korsatkichlarning mutanosibligi, davlat byudjetimizning profitsit bilan, yani oshirib bajarilishi taminlanmoqda.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida dollar hisobida 162 milliarddan ortiq kapital mablag ozlashtirilgan bolib, buning 56 milliard dollardan ziyodi xorijiy investitsiyalardir.

Faqatgina 2013-yilning ozida kapital investitsiyalar hajmi dollar hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil etadi.

Ozbekiston tarixan qisqa muddatda iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, asosan paxta xomashyosi yetkazib berishga moslashgan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan qoloq respublikadan tez suratlar bilan osib borayotgan zamonaviy sanoat tarmogiga ega bolgan, jadal taraqqiy etayotgan mamlakatga aylandi.

Buning yaqqol tasdigi mamlakatimizning yalpi ichki mahsuloti tarkibida sanoatning ulushi 1990-yildagi 14,2 foiz orniga bugungi kunda 24,3 foizni tashkil etgani, ayni paytda qishloq xojaligining ulushi esa 34 foizdan 17 foizga kamayganidir.

Biz uchun mutlaqo yangi bolmish avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga butlovchi qismlar tayyorlaydigan sohalarga, neft va gazni qayta ishlaydigan, farmatsevtika mahsulotlari, zamonaviy televizor va kompyuterlar ishlab chiqaradigan yangi-yangi sanoat tarmoqlariga asos solindi. Shuningdek, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo, qurilish materiallari sanoati va boshqa tarmoqlar toliq modernizatsiya qilindi va dunyo bozorida raqobatdosh bolgan tovarlar ishlab chiqarish boshlandi va davom etmoqda.

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru