O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

HAMKORLIK 

Ozbekiston Respublikasining 2014-yildagi xalqaro munosabatlari

Otgan yili Ozbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlarini yanada rivojlantirish, mamlakatning xalqaro maydondagi manfaatlarini muntazam ravishda himoya qilish va oldinga surish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.

2014-yili Ozbekiston Prezidenti 7 ta xorijiy mamlakatga: Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkmaniston, Belarus Respublikasi va Qozogiston Respublikasiga, shu jumladan davlat rahbarlarining ShHT, MDH va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boyicha kengash sammitlarida ishtiroki doirasida safarlar uyushtirdi. Davlatimiz rahbarining taklifiga binoan mamlakatimizga Latviya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi va Rossiya Federatsiyasi prezidentlari tashrif buyurdilar.

2014-yil davomida 45 ta oliy darajadagi uchrashuv, 30 dan ortiq parlamentlararo uchrashuvlar, 24 ta tashqi ishlar vazirliklari ortasida siyosiy maslahatlashuvlar va boshqa tadbirlar bolib otdi. Ushbu uchrashuvlar doirasida 89 ta xalqaro bitim va boshqa muhim hujjatlar imzolandi.

Otgan yilning ota muhim tashqi siyosiy voqealari orasida yadroviy beshlik davlatlari vakillari tomonidan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish togrisidagi shartnomaga xavfsizlik kafolatlari togrisidagi Protokolning imzolanishi, Ozbekiston-Turkmaniston-Eron-Omon xalqaro transport yolagi va tranzit koridorini barpo etishga oid bitimning kuchga kirishi boyicha ozaro anglashuv Memorandumining qabul qilinishi, Samarqandda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroya kengashining 99-sessiyasi otkazilishi, Toshkentda BMT Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti vakolatxonasining (FAO) ochilishi alohida orin oldi.

Ozbekistonda qator yirik xalqaro anjumanlar, shu jumladan, oziq-ovqat masalalari, Orta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosiga bagishlangan konferensiyalar bolib otdi. Mazkur konferensiyalar davomida davlatimiz rahbari Islom Karimov dasturiy maruzalar bilan ishtirok etdi.

2014-yil oktabr oyida Ozbekistonning Orolni qutqarish xalqaro fondida raisligi doirasida Urganch shahrida Orolboyi hududidagi ekologik ahvolga bagishlangan xalqaro konferensiya bolib otdi. Anjuman yakunlari boyicha mamlakatimizga 3,1 mlrd. AQSh dollari miqdorida donorlik yordami va imtiyozli kreditlar jalb qilindi.

Rossiya Federatsiyasi Ozbekiston Respublikasini 1992-yil 20-mart kuni tan olgan. Shu kunning ozida ikki mamlakat ortasida rasmiy diplomatik aloqalar ornatildi.

Mamlakatlarimiz ortasidagi keng kolamli hamkorlik 2004-yil imzolangan Strategik hamkorlik va 2005-yil imzolangan Ittifoqdoshlik munosabatlari togrisidagi shartnomalar asosida rivojlanmoqda.

2013-yilning 14-15-aprel kunlari Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifi bolib otdi. Tashrif doirasida 2013-2017-yillarga moljallangan iqtisodiy hamkorlik togrisidagi hukumatlararo Dastur qabul qilindi.

2010-yil 12-13-noyabr kunlari Ozbekistonga Rossiyaning Federatsiya Kengashi Raisi V.Matvienko tashrif buyurdi. Tashrif doirasida V.Matvienko Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi I.Sobirov va Qonunchilik palatasi spikeri D.Toshmuhamedovalar bilan muzokaralar otkazdi.

2014-yilning 10-dekabrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putinning Ozbekistonga rasmiy tashrifi bolib otdi.

Rossiya Federatsiyasi bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlar jadal surat bilan rivojlanmoqda. Ozbekiston Respublikasi tashqi savdo hamkorlari orasida Rossiya Federatsiyasi birinchi orinda turadi.

2014-yil yakunlariga kora ikki davlat ortasidagi tovar ayirboshlash 6,1 mlrd. AQSh dollarni tashkil etdi.

Ozbekiston Respublikasi Belarus Respublikasi bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida etibor qaratadi. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini toldiradi. Songgi ikki yilda Toshkent va Minskda Hukumatlararo omissiyaning (HK) ikkita yigilishi bolib otdi. Ozbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi ortasida 2008-2017-yillarga moljallangan iqtisodiy hamkorlik togrisidagi shartnoma va uning ijrosi yuzasidan Dastur imzolangan. Ozbekiston va Belarus hukumatlari ortasida jinoyatchilikka qarshi kurash, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari ortasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik togrisidagi hujjatlar imzolangan.

1994-yil dekabrda Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenkoning Ozbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.

2015-yil 11-12-mart kunlari Toshkent shahrida Ozbekiston Respublikasi hamda Belarus Respublikasi ortasida ikki tomonlama hamkorlik boyicha Hukumatlararo qoshma komissiya uchinchi majlisi bolib otdi.

MDH mamlakatlari boshliqlari majlisi doirasida Minsk shahrida 2014-yil oktabrida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Belarus Respublikasi Prezidenti A.Lukashenko uchrashishdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojalantirishning asosiy masalalari muhokama qilindi.

Ozaro tovar aylanmasi hajmi 2014-yil yakunlari boyicha qariyb 177,6 million AQSh dollarini tashkil etdi.

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru