O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tugilgan. Millati ozbek. Oliy malumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oqituvchi, dotsent, oquv ishlari boyicha prorektor lavozimlarida ishladi.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat korsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qoshdi.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003-yillarda Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.

Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.

Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk kunlardan boshlab Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslakdoshi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.

Sh.M.Mirziyoyev Hukumat boshligi sifatida keng kolamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, yirik va noyob loyihalarni hayotga joriy etish, xususiy mulkni ustuvor darajada rivojlantirish, iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini keskin oshirish hamda ularning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlashda ozining yuksak salohiyati va mohir tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etdi.

Mamlakat iqtisodiyotini industrial rivojlantirish, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, agrar sohani tubdan isloh qilish, ayniqsa, fermerlik harakatini taraqqiy toptirish, qishloq xojaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taminlash va aholini kafolatlangan va arzon mahsulotlar bilan taminlash ishlariga ustuvor darajada etibor qaratdi.

Yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib borish, aholiga sifatli kommunal xizmat korsatish, respublikaning shahar va tumanlari, ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarini kompleks rivojlantirish orqali aholining turmush va mehnat sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng kolamli va samarali tadbirlarni amalga oshirdi.

Sh.M.Mirziyoyevning faoliyatida sotsial-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda talim, fan, sogliqni saqlash tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yoshlarning soglom va barkamol bolib voyaga etishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni kuchli muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida muhim orin egalladi.

Ozini ozi boshqarishning noyob instituti bolgan mahallaning nufuzi va obrosini yanada oshirish, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlarini demokratik islohotlarga keng jalb etish orqali jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlash, milliy manaviy qadriyatlarni ezozlash va izchil rivojlantirish ishlariga yuqori darajada etibor qaratdi.

Qayd etilganlar bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan har tomonlama ozaro hamkorlikni kuchaytirish orqali mamlakatimizning milliy manfaatlariga va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishishda bevosita rahbarlik qildi.

2016-yil 8-sentabr kuni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoshma majlisida parlament palatalarining qoshma qaroriga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

19-oktyabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi bolib otdi. Unda partiya siyosiy kengashi azosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash togrisidagi qaror qabul qilindi. 2016 yil 4 dekabr kuni o'tgan prezident saylovida g'alaba qozondi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o'z vazifasini bajarishga kirishdi.

Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir ogli, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Z.M. Hoshimova mutaxassisligi boyicha muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.

Sh.M.Mirziyoyev davlat va boshqaruv organlaridagi kop yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qoshgani uchun Mehnat shuhrati va Fidokorona xizmatlari uchun ordenlari bilan taqdirlangan.

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru