O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

30 - sentabr 2016

 

Ozbekiston oqituvchi va murabbiylariga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning tabrigi

 

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Avvalambor, dunyodagi eng ulug va sharafli kasb egasi bolgan siz, azizlarni bugungi qutlug ayyom Oqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga ozimning ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ushbu sana bundan 19 yil oldin Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk Yurtboshimiz Islom Abduganiyevich Karimov tashabbusi bilan el-yurtimizning sizlarga bolgan yuksak hurmat-ehtiromining amaliy ifodasi, umumxalq bayrami sifatida tasis etilganini albatta hammamiz yaxshi eslaymiz.

Mamlakatimizda soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazishni kelajagi buyuk Ozbekistonni barpo etishning eng muhim sharti deb bilgan, sizlarga ozining eng yaqin maslakdoshlari sifatida katta ishonch va hurmat bilan qaragan Yurtboshimizning ozlari ham barchamiz uchun mehribon ustoz, talabchan murabbiy edilar.

Islom Abduganiyevich Vatanimizni buyuk muhabbat bilan sevish, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish, bu yolda bor bilim va tajribamiz, butun borligimizni safarbar etish borasida biz uchun yuksak ibrat maktabini yaratib ketdilar.

Jahon hamjamiyatida ozbek modeli deb tan olingan taraqqiyot strategiyamizning ajralmas qismi bolgan zamonaviy talim-tarbiya tizimiga asos solgan, bu sohani davlat siyosatining ustuvor yonalishi darajasiga kotarib, uning rivojlanish yollarini aniq belgilab bergan, Butun Ozbekiston bolalari mening aziz farzandlarim deb ularni hamisha ezozlagan Islom Abduganiyevich Karimovning olmas tarixiy xizmatlarini bugungi va kelgusi avlodlar doimo chuqur minnatdorlik bilan yodga oladi.

Ulug ustozimizning ezgu goya va vasiyatlari asosida talim va tarbiya sohasidagi tub islohotlarni yuksak bosqichga kotarish, mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun masuliyatni oz zimmasiga olishga qodir bolgan yangi avlod kadrlarini voyaga yetkazishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish hammamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas burchimiz bolib, biz bu yolda birinchi navbatda siz, azizlarga, sizlarning bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingizga tayanamiz.

Aziz dostlar!

Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygusini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yolidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz, butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Ayni paytda bugungi kunda oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini hammamiz yaxshi tushunamiz. Shu borada ilm-fan va talim-tarbiya sohasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, uning nafaqat davr bilan hamohang bolishini, balki zamondan oldinda yurishini taminlash, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning ilgor usullaridan keng foydalanish, bu ishlarni xorijdagi nufuzli markazlar bilan hamkorlikda olib borish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, oqituvchi va domlalarning mashaqqatli va masuliyatli mehnatini har taraflama ragbatlantirish bilan bogliq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch bolib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar safarbar etiladi.

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Siz, azizlarni 1-oktabr Oqituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, hayotda va mehnat faoliyatingizda baxt va omadlar yor bolishini tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru