O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

23 - yanvar 2016

 

Rossiyalik ekspert: Ozbekiston Prezidentining Vatan himoyachilariga yollagan bayram tabrigi oz mazmun-mohiyati bilan juda chuqur oylangan dasturilamal hujjatdir



Ilgari xabar qilinganidek, Jahon axborot agentligiga mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimovning Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yollagan bayram tabrigi yuzasidan xorijiy ellarda bildirilgan fikr-mulohazalarning kelishi hamon davom etmoqda.

 

Quyida Rossiya vakillari agentligimiz muxbiriga ushbu mavzu yuzasidan bildirgan fikrlar oz aksini topgan.

 

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi deputati, mudofaa qomitasi a'zosi T.Akulov:

 

- Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakat Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 24 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yollagan bayram tabrigini diqqat bilan organib chiqib, shuni tola mas'uliyat bilan aytishni istardimki, u oz mazmun-mohiyati bilan juda chuqur oylangan dasturilamal hujjat hisoblanadi. Tabrikda mamlakatda qabul qilingan milliy armiyani isloh etishning yondoshuvlari aniq-ravshan oz aksini topgan. Unda, shuningdek, umumbashariy miqyosdagi kopgina xavf-xatar va tahlikalarga ropara kelayotgan bugungi dunyoning realliklari hamda murakkabliklari hisobga olingan holda harbiy qurilishning eng dolzarb vazifalari ham yaqqol ifoda etilgan.  

 

Shu orinda davlatingiz rahbari murojaatidagi qator qat'iy jihatlarni alohida qayd etishni istar edim, chunki faqat mudofaa xarakteriga ega bolgan Ozbekiston harbiy doktrinasining mohiyatini va uning siyosiy zaminini anglash nuqtai nazaridan ular juda muhim hisoblanadi. 

 

Mazkur tabrikda Islom Karimov ta'kidlaganidek, Ozbekiston bloklarga qoshilmaydigan davlatdir, va albatta shunga muvofiq ravishda harbiy-siyosiy ittifoq va koalitsiyalarga qoshilmaydi, oz hududida xorijiy harbiy baza va ob'yektlarni joylashtirmaydi, mamlakatdan tashqarida boladigan tinchlikparvarlik operatsiyalarida qatnashmaydi. Bunday qaror, hyech shubhasiz, Ozbekistonning tinchlikparvar siyosat olib borayotganini tasdiqlaydi. 

 

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi mudofaa qomitasi raisining yordamchisi, Harbiy diplomatlar ligasi a'zosi, Rossiya Federatsiyasi Yozuvchilar uyushmasining maslahatchisi I.Novoselov:

 

-  Ozbekiston Prezidentining mazkur tabrigida harbiy qurilish sohasida olib borilgan ulkan ishlarning yakunlari hamda harbiy boshqaruvning mutlaqo yangi tashkiliy tizimini shakllantirish yuzasidan belgilangan istiqbolli vazifalar  aniq-ravshan ifodalangan bolib, unda mamlakat barqarorligi va xavfsizligiga nisbatan zamonaviy xavf-xatar va tahlikali jihatlar har tomonlama tahlil etilgan.

 

Shuni ta'kidlash kerakki, mazkur ustuvorliklar orasida malakali ofitser va askarlar tayyorlashni hamda ularning ijtimoiy jihatdan har tomonlama ta'minlanishi bilan bogliq masalalarga alohida orin ajratilgan.

 

Ishonchim komilki, bizning hozirgi notinch zamonamizda Islom Karimov tomonidan belgilangan respublika Qurolli Kuchlarini takomillashtirish boyicha vazifalarning izchil va muvaffaqiyatli bajarilishi nafaqat Ozbekiston hududining ozida, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlik ta'minlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 Jahon AA, Moskva

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru