O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

20 - fevral 2016

 

2016-yilgi Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish togrisida

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Azal-azaldan xalqimizning ezgu va gozal qadriyatlarini, uning olijanob orzu-intilishlarini ozida mujassam etib, qadim ajdodlarimizdan bizga olmas meros sifatida bezavol otib kelayotgan Navrozi olam mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qatiy nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan, tom manodagi umumxalq bayramiga aylanib qoldi.

Sharqona yangi yilning boshlanishi, tabiat uygonishining ramzi, asl milliy, eng ardoqli bayram bolmish Navrozning odamzotning tabiat bilan uygun va hamohang bolib yashashida, jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlik, insoniylik, bagrikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodimizni milliy ananalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishdagi orni va tasiri tobora ortib borayotganini inobatga olib hamda bu qutlug ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida:

1. 2016-yilgi Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha tashkiliy qomita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qomita Navroz bayramini poytaxtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajada otkazishga qaratilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-manaviy tadbirlar rejasini on kun muddatda ishlab chiqsin va amalga oshirsin.

2. Tadbirlar rejasini tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida etibor qaratilsin:

Navroz kunlarida inson ozini tabiat bilan uzviy boglanganini, uning ajralmas bir qismi sifatida his etishini ifoda etadigan, atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning nematlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygusi bilan yashashga davat qiladigan manaviy-marifiy tadbirlarni uyushtirish;

barcha shahar va qishloqlarimizda bolib otadigan tadbirlarda, ommaviy axborot vositalarida Navroz bayramining tarixi, uni nishonlash bilan bogliq urf-odat, anana va qadriyatlarimizning mohiyati va ahamiyatini keng yoritish;

Navrozning ruhi va falsafasida oz aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoshi ulug insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama ezozlash, komakka muhtoj kishilarga begaraz yordam berish bilan bogliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish;

yangi dehqonchilik mavsumining boshlanishi, yasharish va yangilanish, qut-baraka, obodlik va farovonlik ramzi bolmish Navroz faslida mahallalarda, shahar va qishloqlarimizda hasharlar, keng kolamdagi obodonchilik va kokalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bolib otadigan bayram dasturlariga folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shuningdek, professional va istedodli estrada ijrochilarini tanlov asosida jalb etish;

bayram dasturlarini tayyorlashda folklor sanatining eng yaxshi namunalarini, el-yurtimizning dilidan chuqur joy olgan qadimiy urf-odatlar, ezgu insoniy tuygularni tarannum etadigan mumtoz kuy va qoshiqlar, olan va laparlarga keng orin berish.

3. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpogiston Respublikasi byudjeti va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda joylardagi homiylik xayriya mablaglari hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

4. Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Jahon axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Navroz umumxalq bayramiga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini taminlash Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,

2016-yil 19-fevral

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru