O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

19 - aprel 2016

 

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

9-may umumxalq bayrami Xotira va qadrlash kuni otkazilishi, shuningdek, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Galabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragbatlantirish maqsadida:

1. 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 800 000 (sakkiz yuz ming) som miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogliq sarf-xarajatlar respublika byudjeti mablaglari hisobidan amalga oshirilsin.

3. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini taminlasin.

4. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qomitasi, Kamolot Ozbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Respublika Manaviyat targibot markazi, Nuroniy va Mahalla jamgarmalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va shanu sharafi himoyachilariga bagishlangan maxsus uchrashuvlar va marifiy-badiiy kechalar otkazsin.

5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2016-yil 18-aprel

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru