O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

17 - mart 2016

 

Xalqimiz ardogidagi ayyom

 

Navroz xalqimiz tarixi, falsafasi, qadriyatlarini ozida mujassam etgan ajib ayyomdir. Prezidentimiz Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch asarida Milliy ma'naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram sharqona yangi yil bolmish Navroz ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon boladi, deya bu bayramni ma'naviyatimizni shakllantiruvchi asosiy mezonlardan biri sifatida alohida ta'kidlaydi.

 

Qadimda  yil taqvimi, ya'ni fasllar almashinuvi, uning qutblarini bilish kishi -faoliyatida muhim ahamiyat kasb etgan. Ajdodlarimiz quyosh, oy, yulduzlar harakatini kuzatib, ular haqida muayyan bilimga ega bolganlar. Aslida, Navroz haqidagi mavsumiy marosimlar va qoshiqlar mohiyatida ana shu jarayonlar haqidagi tasavvurlar oz aksini topgan.

 

Aynan koklam paytida fasllar almashinuvi, tabiatning uygonishi, u bilan bogliq Shox moylar, Qozon toldi kabi qadimiy marosimlar, qochqor, xoroz urishtirish tomoshalari, polvonlar kurashi, baxshilar bellashuvi, sumalak, lola sayillari bolib otgan. Ular mohiyatan inson hayotini yanada yaxshilash, tabiat mushkulotlarini yengillashtirish, kelayotgan koklam va yangi yilni qutlab, uning qut-barakali otishini tilash, turli oyin, harakat, qoshiqlar asosida boshlanayotgan yilning qanday kelishini chamalab korishga xizmat qilgan. Ushbu e'tiqod va u bilan bogliq tadbirlar tizimi elimiz orasida bugungi kungacha yashab kelmoqda.

 

Navroz bilan bogliq kopgina marosimlar, urf-odatlar, qoshiqlar, oyinlarning zamirida aslida xalqimizning ona-tabiat va yurtga muhabbat, ayolga ehtirom, farzand -tarbiyasi bilan bogliq eng kohna tasavvurlari mujassam ekanini koramiz. Oddiy bir misol: Oq terakmi, kok terak? degan oyinni olib qaraylik. U bahor marosimining tarkibiy qismi bolgani uchun ham, asosan, shu mavsum paytida oynalib, dastlab kattalar, songra bolalar mashgulotiga aylangan. Bizning-cha, bu oyin kun-tun, qish va bahor toqnashuvi haqida qadimiy tasavvurlarni ham ozida mujassamlashtiradi. Binobarin, terak bargining oq tomoni kunduz, kok tomoni esa qorongilikni aks ettiradi. Qish yengilsa, bahor golib keladi, tun chekinsa, kun uzayadi. Zero, oyin folklori matnida asosiy urgu shu jihatga qaratilgan.

 

Koklam darakchisi timsoli sifatida boychechak olingan. Qadimda aynan mana shu -tasavvurlarning barchasini birlashtirib turadigan Boychechak degan marosim ham bolgan. Ba'zi bir qoshiqlar, tadbirlarning ildizlari hozirgi kunlarda ham deyarli barcha viloyatlarda, ba'zilarida marosim shaklida, ayrim hududlarda esa qoshiq shaklida saqlanib qolgan.

 

Boychechak tutgan bolalar uyma-uy yurib, xonadonlardan qishni haydashgan. Marosim qancha tantanavor otsa, unda koklamni uluglovchi qoshiqlar naqadar baland kuylansa, qahraton xonadonlarni shunchalik tez tark etishiga ishonilgan. Koklam chechagi boychechak esa xonadonlarga shodu xurramlik, baxt va omad, qut hamda baraka olib keladi, deb tasavvur qilingan.

 

Tarix bu shunchaki raqamlardangina iborat emas. U har bir xalqning tushuncha va -tasavvurlarini, quvonchu tashvishlarini, orzu-umidlarini ifodalaydi. Mana yigirma olti yildan oshiqroq vaqt mobaynida biz Navrozni keng miqyosda nishonlayapmiz. -Mustaqillik arafasida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tilimizga davlat tili maqomining berilishi, milliy qadriyatlarimizning, xususan, Navroz ayyomining qayta tiklanishi kelajak avlod uchun yuksak ibratdir. Yoshlar ham shunga munosib bolib, an'analar bardavomligini ta'minlashga hissa qoshishi ayni muddao -sanaladi.

 

Biz har yili Navroz ayyomini zor tantanalar bilan nishonlaymiz. Uning yangidan-yangi qirralarini, asrlar boyi sir-sinoat bolib kelayotgan jihatlarini kashf etib boraveramiz. Zotan, umuminsoniy qadriyatlarni uluglab ezgu niyat, ezgu soz, ezgu amal -bilan yashayotgan yurtda bayramlar bardavom boladi.

 

Jabbor ESHONQULOV, filologiya fanlari doktori.

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru