O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

15 - aprel 2016

 

ShHTga azo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuv

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 14-aprel kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar Xavfsizlik kengashlari rahbarlari, shuningdek, ShHT Bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qomitasi direktori bilan uchrashdi. 


 

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, Shanxay hamkorlik tashkiloti ozining on besh yillik faoliyati davomida nufuzli va samarali xalqaro tashkilot sifatida mustahkam qaror topganini, uning faoliyati tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, ShHTga azo davlatlarning izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taminlash sohasida ushbu tashkilotga azo mamlakatlar oldida turgan umumiy vazifalarni hal etishga xizmat qilayotganini takidladi.

Ozbekistonning tashkilotga joriy raisligi davrida azo davlatlarning birgalikdagi harakatlari bilan ShHT doirasida, avvalambor, hozirgi kundagi xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish borasida kop qirrali ozaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Toshkent shahrida otadigan navbatdagi yubiley yigilishi har tomonlama mazmunli va samarali bolishiga alohida etibor qaratilmoqda.

Ozbekiston tashabbusi bilan 2004-yilda tashkil etilgan, ShHTning muhim va samarali instituti bolgan Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yigilishi tashkilot organlari va mexanizmlari tizimining ajralmas qismi bolib, tashkilot hududida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash boyicha tomonlar faoliyatini muvofiqlashtirib borishda muhim vazifani bajarib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari hududida terrorizm, ekstremizm va separatizm korinishlari, shuningdek, boshqa tahdid va xavf-xatarlarning oldini olish, ularni bartaraf etish borasida muhim qarorlar ishlab chiqish va amalga oshirishda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ham alohida orin tutayotganini takidladi.

Qozogiston, Xitoy, Qirgiziston, Rossiya va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining Toshkentda otkazilgan on birinchi yigilishida muhokama qilingan masalalar yuzasidan fikr bildirdi, samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik izhor etdi. Ozbekistonning ShHTga raisligi jarayonida koplab sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda tashkilot faoliyatini yanada faollashtirish boyicha mamlakatimiz amalga oshirayotgan ishlar katta ahamiyatga ega ekanini takidladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru