O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

14 - oktabr 2016

 

Toshkentda I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi

 

2016-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Ozekspomarkaz milliy korgazmalar majmuasida I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi bolib otadi. Xalqaro yarmarka Ozbekoziqovqatxolding XK, Ozvinosanoat-xolding XK, Ozbekoziqovqatzaxira assotsiatsiyasi, Ozagroeksport AJ va Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Direksiyasi MChJ tomonidan tashkil etilmoqda.

Yarmarka Ozbekiston kompaniyalari uchun oz mahsulotlarini taqdim etish, eksport geografiyasini kengaytirish, qishloq xojaligi mahsulotlarini sotish bozorlarini va yangi xorijiy hamkorlarni topish imkonini beradi. Chet ellik ishtirokchilarga esa, oz davlatlari bozorlari uchun meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish borasida hamkorlik aloqalari ornatishga zamin yaratadi.

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida 150 dan ortiq mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib beruvchilar va qayta ishlovchilarning respublikaning barcha hududlaridan ishtiroki kutilmoqda, turdosh soha vazirlik, idora va tashkilotlarning vakillari oz mahsulotlarini taqdim etadi, bundan tashqari eksportyorlar va chet ellik xaridorlarga zarur bolgan malumotlar beriladi.

Xususan, korgazma pavilonlarida, Ozbekistonda yetishtirilgan hol, quritilgan va qayta ishlangan meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar hamda ziravorlar taqdim etiladi.

Bugungi kunda mahalliy meva-sabzavot yetishtiruvchilar uchun xorijda qayta ishlovchi va riteyl kompaniyalar katta qiziqish uygotmoqdalar.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy ishtirokchilar ortasida kooperatsiya aloqalarini ornatish maqsadida Ozekspomarkaz milliy korgazmalar kompleksi pavilonlarida muzokara maydonchalari faoliyat yuritib boradi, bunda tovar yetkazib beruvchi xorijiy savdo kompaniyalari, xususan xarid qilish boyicha qaror qabul qiluvchi mutaxassislar bilan togridan-togri muzokaralar olib borishi mumkin.

Shu bilan birga, yarmarkaning xorijiy ishtirokchilari uchun meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarga, sovutish komplekslariga va bundan tashqari intensiv boglarga, tashrif buyurishlari tashkil qilinadi.  

Yarmarkaning asosiy vazifalari:

- xorijiy hamkorlarni Ozbekiston Respublikasining meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish salohiyati bilan tanishtirish;

- meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar va xorijiy import qiluvchi kompaniyalar ortasida uzoq muddatli, istiqbolli va ozaro manfaatli munosabatlar ornatish;

- meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish boyicha bitimlar tuzish.

Yarmarka Tashkiliy qomitasi manziliga (Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi direksiyasi) xorijiy qayta ishlash korxonalari, riteyl kompaniyalar, savdo va logistik markazlar vakillaridan bolajak yarmarkada ishtirok etish boyicha arizalar kelib tushmoqda.

Ishtirokchilarni royxatdan otishi 2016-yil 5-noyabrgacha davom etadi.

 

Ozbekoziqovqatxolding xolding kompaniyasi Matbuot xizmati

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru