O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

12 - fevral 2016

 

Bobur ijodiga bagishlandi

 

Ozbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligi munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ijodiy suhbatlar otkazilmoqda, deb xabar beradi Ozbekiston Milliy axborot agentligi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan adabiy-badiiy kechada filologiya fanlari doktori I.Haqqulov, Ozbekiston xalq artisti A.Rafiqov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida buyuk alloma va mutafakkirlarimizning ijodiy merosini organish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu goyalarni keng targib etish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

 

Ozbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti, Ozbek Milliy akademik drama va Muqimiy nomidagi ozbek davlat musiqali teatrlari hamkorligida tashkil etilgan boburxonlik kechasida adabiyotshunos olimlar, professor-oqituvchilar, aktyorlar, talabalar ishtirok etdi.

 

Zahiriddin Muhammad Boburning betakror she'riyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma'lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

 

Bobur umri davomida Vatanga hurmat va uni sevish haqida kuylagan. Olimlar izlanishi, ilmu ma'rifat ahlining ijod qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan.

 

Adabiy kechada shoir asarlaridan namunalar oqildi, she'rlari bilan aytiladigan mumtoz qoshiqlar ijro etildi. Aktyorlar tomonidan allomaning hayoti va ijodiga oid asarlardan parchalar namoyish etildi. 

 

JahonAA

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru