O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

5- iyul 2017

 

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning

2017-yil 5-iyul kuni Vatandoshlar bilan togridan-togri muloqotidagi nutqi

 

Qadrli yurtdoshlar,

Hurmatli video-anjuman qatnashchilari, ommaviy axoborot vositalari vakillari,

Avvalo, keng doiradagi vatandoshlarimiz bilan uchrashish imkoniyatini yaratib berganliklari uchun bugungi tadbir tashkilotchilari Xalqaro press-klub, Milliy televideniye, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga minnatdorlik bildirishga ruxsat bergaysiz.

1. Ozbekiston Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyeyov tomonidan elon qilingan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Tashqi ishlar vazirligi chet elda Ozbekiston fuqarolarining huquqlarini himoya qilish va ularning qonuniy manfaatlarini taminlashni ozining asosiy ustuvor vazifalaridan etib belgilab olgan.

Prezident Virtual qabulxonasining ishga tushishi bilan bir vaqtning ozida xorijda diplomatik xizmatda bolgan katta tajribaga ega konsullik xodimlari va xalqaro huquqshunoslardan iborat fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash boyicha Maxsus ishchi guruhi tashkil etildi. Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatining fuqarolarni qabul qilish kunlari tasdiqlandi.

Vazirlik nomiga otgan yilning oktabr oyidan to bugungi kungacha bolgan davrda jismoniy va yuridik shaxslardan 6,5 mingdan ziyod arizalar kelib tushdi. Ulardan 3 mingga yaqini Prezidentning virtual qabulxonasi, qariyb 3,5 mingtasi vazirning virtual qabulxonasi, Yagona interfaol xizmatlar portali, vazirlikning feysbuk tarmogidagi rasmiy sahifasi va elektron pochta orqali kelgan.

Fuqarolardan tushayotgan murojaatlarning asosiy qismida quyidagi masalalarni hal etishda komaklashish soraladi:

- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar yoqolgan holatlarda Vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish;

- eski namunadagi yoki haqiqiylik muddati otib ketgan pasportlarni yangi biometrik pasportga almashtirish;

- chet elda vafot etgan tugishganlari va yaqin qarindoshlarining olim sabablarini aniqlash;

- xorijiy davlatlar hududlarida Ozbekiston fuqarolariga nisbatan qozgatilgan jinoiy ishlarning xolis olib borilishini taminlashda yordam korsatish,

- aliment va nafaqalar olinishi, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi kabi masalalarda komaklashish va hakozo.

Fuqarolarning barcha murojaatlari boyicha Vazirlik tomonidan asoslangan tushuntirish va izohlar bilan aniq javoblar beriladi.

2. Xorijiy davlatlardagi Ozbekiston fuqarolariga qulay imkoniyat yaratish hamda ularga konsullik-huquqiy xizmat korsatishning sharoit va tartiblarini takomillashtirish maqsadida Vazirlik tomonidan aniq amaliy chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

Birinchidan, bir qator konsullik faoliyatlarda vatandoshlarimizning murojaatlarini korib chiqish mexanizm va muddatlari yengillashtirilmoqda. Jumladan, chet elda yol hujjatlari yoqolgan va Vatanga qaytish uchun guvohnoma berilishini sorab murojaat qilgan arizachining shaxsini tasdiqlash muddati 3 oydan 7 ish kuniga qisqartirildi.

Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan xorijiy davlatlarda yashovchi va oz pasportlarini biometrik hujjatga almashtirishga ulgurmagan fuqarolar uchun eski pasportdan yol hujjati sifatida foydalanish muddati 2018-yil 1-iyulgacha uzaytirildi. Endilikda fuqarolarimiz eski pasportlaridan yol hujjati sifatida foydalanib, shu jumladan, uchinchi davlatlar hududida tranzit orqali ham hech qanday tosqinliksiz Vatanga qaytishlari mumkin.

Ikkinchidan, Vazirlik va xorijiy vakolatxonalarimiz konsullik-huquqiy faoliyatiga xizmat korsatishning interfaol usullari jadallik bilan jalb etilmoqda. Bugungi kunda fuqarolarimizga Interfaol konsullik xizmatlari portali orqali 12 turdagi konsullik xizmatlari korsatilmoqda.

Xorijiy fuqarolarning Ozbekistonga kirish vizasini olishni rasmiylashtirish uchun 5 ta tilda E-Visa internet portali yaratildi.

Uchinchidan, 2017-2021-yillarga moljallangan Harakatlar strategiyasida shu yilning oxirigacha yangi tahrirdagi Konsullik nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash kozda tutilgan. Ushbu hujjat umumxalq muhokamasidan otib boldi. U chet davlatlarda Ozbekiston fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini tola va aniq belgilab beradi.

Tortinchidan, hech kimga sir emaski, globallashuv asrida odamlarning butun dunyo boylab ommaviy harakatlanishi koplab davlatlar, shu jumladan Ozbekiston uchun ham, odatiy holga aylandi. Vatandoshlarimiz mehnat faoliyatini amalga oshirish, akademik aloqalarni ornatish, oliy oquv yurtidan keyingi tahsilni davom ettirish, xorijiy sheriklar bilan biznes hamkorlikni yolga qoyish uchun hamda sayyohlik maqsadlarida muntazam ravishda xorijiy davlatlarga boradilar. Bizda mavjud malumotlarga kora, faqat Rossiyaning oziga 1,7 million nafar Ozbekiston fuqarolari borgani qayd etilgan.

Fuqarolar tomonidan bizning faoliyatimiz ustidan tushgan shikoyatlarni tahlil etish asosida hamda ularning huquq va manfaatlarini samarali himoya qilinishini taminlash maqsadida Vazirlik tomonidan Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov-Don, Yekaterinburg, Vladivostok shaharlarida konsullik vakolatxonalarini ochish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Rossiya hududidagi fuqarolarimizning manfaatlarini himoya qilish sohasida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chogida imzolangan ikkita hukumatlararo kelishuv (1) Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarimizni tashkiliy ravishda toplash va jalb etish va (2) migratsiya masalalariga masul organlarning ikki taraflama vakolatxonalarini tashkil etish togrisidagi bitimlar favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ostona shahrida Ozbekiston elchixonasi binosi qurilishining yakuniga yetishi bilan biz Olmaota shahridagi diplomatik vakolatxonamizni Bosh konsulxonaga aylantirishni rejalashtirmoqdamiz.

Bundan tashqari, xorijiy davlatlardagi bir qator konsulxonalarimizda xodimlar sonini kopaytirishni moljallaganmiz.

Umuman olganda, milliy qonunchilikka kiritilayotgan ushbu barcha yangiliklar, xorijiy davlatlarda bizning diplomatik ornimiz mavjudligini kengaytirish boyicha rejalashtirilgan tadbirlar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan bosh ustuvor goya Vatanimiz fuqarolarining, ular qayerda bolishmasin, manfaat va huquqlarini himoya qilish vazifasining amalga oshirilishini taminlashi kerak.

Hurmatli video-anjuman ishtirokchilari,

Bugun biz faqatgina Tashqi ishlar vazirligi va chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarimizning konsullik-huquqiy faoliyatiga tegishli savollarga javob berish bilan cheklanib qolish niyatida emasmiz.

Shuningdek biz mintaqaviy va xalqaro siyosatning eng dolzarb masalalari yuzasidan Ozbekistonning pozitsiyasiga oid savollarga javob qaytarishga tayyormiz.

Etiboringiz uchun rahmat.

 

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru